15:57 / 14.02.2025
130

X Trampning akkaunti bloklangani uchun 10 mln dollar toʻlaydi

X Trampning akkaunti bloklangani uchun 10 mln dollar toʻlaydi
Foto: NDTV
Ilon Maskning X ijtimoiy tarmogʻi AQSh prezidenti Donald Trampga 2021 yil 6 yanvarda uning tarafdorlari Kapitoliyga bostirib kirganidan keyin siyosatchining ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlari bloklanganidan keyin bergan da'vosini hal qilish uchun 10 million dollar toʻlaydi. Bu haqda Reuters'ga tayanib Daryo xabar berdi.

Meta Trampga 25 million dollar toʻladi

X Trampning akkauntlari bloklanganidan keyin u bilan kelishuvga erishgan ikkinchi platforma boʻldi. Oʻtgan oyda Mark Tsukerbergning Meta Platforms kompaniyasi xuddi shunday bitim doirasida AQSh prezidentiga 25 mln dollar toʻlashga rozi boʻlgandi. Oʻshanda Trampning advokati Jon Koul bunday kelishuv prezident va Tsukerberg oʻrtasidagi muzokaralar natijasida erishilganini aytgan.

Kelishuv doirasida Meta Trampning prezidentlik kutubxonasi qurilishi uchun 22 million dollar oʻtkazadi, qolgan 3 millionni AQSh prezidenti bilan birga da'vo arizasi bergan da'vogarlar oladi.

Trampning ijtimoiy tarmoqlarga qarshi da'volari

2021 yilda siyosatchi boshqa bir qancha da'vogarlar bilan birgalikda Facebook, Twitter (hozirgi X) va Alphabet (Google va uning shoʻba korxonalarini boshqaradigan xolding kompaniyasi) ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlari bloklangani uchun sudga murojaat qilgandi.

Trampning Facebook, Instagram, YouTube (Google’ga tegishli) va Twitter’dagi akkauntlari 2021 yil yanvarida uning tarafdorlari prezidentlik saylovlari natijalaridan norozi boʻlib, Kapitoliy binosiga bostirib kirganidan keyin bloklangan. Uning Facebook sahifasi eas 2023 yilda blokdan chiqarilgan va X akkaunti 2022 yilda qayta tiklangandi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo