22:19 / 14.02.2025
939

Zelenskiy Putin bilan muzokara uchun ultimatum shartini aytdi

Zelenskiy Putin bilan muzokara uchun ultimatum shartini aytdi
Foto: Ian Langsdon
Ukraina Rossiya bilan oʻt ochishni toʻxtatish va asirlarni almashish boʻyicha muzokaralar olib borishga allaqachon harakat qilgan, biroq Moskva kelishuvni bajarmagan. Shu sababli, Rossiya bilan yangi muzokaralarda Ukraina va Gʻarb birgalikda harakat qilishi kerak. Bu haqda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Myunxen xavfsizlik konferentsiyasida ma'lum qildi.

«Biz Putin bilan oʻt ochishni toʻliq toʻxtatish va asirlarni almashish haqida gaplashganmiz. Lekin u mahbuslarni almashgani yoʻq. U yolgʻonchi», deb ta'kidladi Zelenskiy.

Ukraina prezidenti Ukrainadagi urush shunchaki ikki davlat oʻrtasidagi mojaro emas, balki bir davlatning boshqa davlatga hujumi ekanini ta'kidladi.

«Shuning uchun bizga vositachi kerak emas, AQSh biz tomonda boʻlishi kerak», dedi u.

Shu bilan birga, Zelenskiy AQSh vitse-prezidenti Jeyms Vens bilan Amerika harbiy yordamini Ukraina mineral resurslariga ayirboshlash boʻyicha kelishuv tafsilotlarini muhokama qilish uchun uchrashishga tayyorligini aytdi.

Ukraina prezidenti yaqinda boʻlib oʻtgan telefon muloqoti chogʻida Donald Tramp unga shaxsiy telefon raqamini berganini ham ta'kidladi.

«U menga xohlagan vaqtda qoʻngʻiroq qilishingiz mumkin», dedi. Umid qilamanki, Tramp bizga haqiqatan ham yordam beradi», dedi Zelenskiy.

Rossiya tomoni bilan boʻlajak muzokaralarga kelsak, Zelenskiyning soʻzlariga koʻra, Ukraina birinchi navbatda Evropa va AQSh bilan umumiy pozitsiyani kelishib olishi kerak.

«Men faqat rossiyaliklardan biri bilan - Putin bilan uchrashaman. Faqat qachonki Tramp, Evropa va Ukrainada umumiy reja boʻlsa. Faqat shunda Putin bilan uchrashaman va biz urushni toʻxtatamiz. Men boshqa murosa shartlarda emas, faqat shu shartimda uchrashishga tayyorman», deb ta'kidladi Zelenskiy.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo