09:18 / 16.02.2025
790

Tramp-Putin muzokaralari qachonga rejalashtirilmoqda?

Tramp-Putin muzokaralari qachonga rejalashtirilmoqda?
AQSh va Rossiyaning yuqori lavozimli rasmiylari kelasi hafta Saudiya Arabistonida Donald Tramp va Vladimir Putin oʻrtasidagi ehtimoliy uchrashuvni muhokama qilish uchun yigʻiladi. Bloomberg manbalariga koʻra, ikki davlat rahbarlari oʻrtasidagi muzokaralar fevral oyi oxirida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.

Uchrashuv tafsilotlari hozircha ishlab chiqilmoqda, unda AQSh milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi Mayk Uols va AQSh prezidentining Yaqin Sharq boʻyicha maxsus vakili Stiv Uitkoff ishtirok etishi kutilmoqda.

Saudiya Arabistonidagi uchrashuvdan maqsad musulmonlar uchun muqaddas Ramazon oyi boshlanishidan oldin, ya'ni 2025 yil 1 martgacha oʻtkazilishi rejalashtirilgan Tramp va Putin muzokaralari sanasini belgilashdan iborat.

Agentlik manbalariga koʻra, ikki davlat rahbarlarining uchrashuvida Ukraina vakillari ham ishtirok etishi kutilmoqda. Ammo yevropalik siyosatchilarning koʻpchiligi hozircha uchrashuvga tayyorgarlik haqida xabardor qilinmagan.

12 fevral kuni Donald Tramp Vladimir Putin va Vladimir Zelenskiyga qoʻngʻiroq qildi. Shundan soʻng, u urushni tugatish boʻyicha muzokaralarni boshlashga rozi boʻlganini ma'lum qildi.

Vladimir Zelenskiy bir necha bor Ukraina ishtirokisiz Ukraina boʻyicha muzokaralar olib borilmasligini aytgan.

Trampning Ukraina va Rossiya boʻyicha maxsus vakili Kit Kellogg 15 fevral kuni Evropani Ukraina boʻyicha tinchlik muzokarasi stolida koʻrmasligini aytdi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo