
Hozirgi kunda shifoxonada davolanayotgan Rim papasi Fransiskning sogʻligʻi yomonlashmoqda. Shifokorlar talabiga binoan u chorshanba kuniga rejalashtirilgan auditoriyani bekor qilishga majbur boʻldi, deb xabar berdi Vatikan matbuot xizmati.
«Oxirgi testlar natijalari polimikrobli nafas yoʻllarining infektsiyasi mavjudligini koʻrsatdi, bu esa keyingi davolash usullarini oʻzgartirishni talab qiladi», — deyiladi Vatikan matbuot xizmati xabarida.
Papa yanvar oyida bronxit bilan kasallangan. U 14 fevral kuni Rimdagi Agostino Gemelli klinikasiga yotqizilgan, chunki kasallik surunkali holatga kelgan.
88 yoshli Rim papasi Fransisk 1903 yilda 93 yoshida vafot etgan Rim papasi Leo XIII dan keyin barcha zamonlarning eng uzoq xizmat qilgan ikkinchi pontifikidir.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar