
Foto: Daily Mirror
Adaderana portalining yozishicha, voqea 19 fevral kuni Gal Oyya hududida yuz bergan. Battikaloadan Kolomboga ketayotgan «Minagaya» poyezdi temiryoʻlni kesib oʻtayotgan fillarni urib yuborgan. Oqibatida oltita fil nobud boʻlgan.
Bundan tashqari, hodisa temiryoʻl transporti harakat jadvaliga ham oʻzgartirish kiritilishiga olib kelgan. Battikaloadan Kolomboga qatnovchi «Pulatisi» reysi bekor qilingan. Temiryoʻl departamenti «Minagaya» yoʻlovchilari uchun boshqa poyezdni tashkillashtirib bergan.
Qayd etilishicha, qoʻriqxona hududlaridan oʻtgan temiryoʻllarda bu kabi muammolar kuzatilib turadi. Mahalliy hukumat va ekologlar kelajakda bunday hodisalar roʻy bermasligi uchun xavfsizlik choralarini kuchaytirishga chaqirmoqda.
Fillar bilan bogʻliq holat yuzasidan tergov oʻtkazilmoqda, mutaxassislar temiryoʻl atrofiga qoʻshimcha toʻsiqlar va ogohlantiruvchi tizimlarni oʻrnatish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar