
Foto: Wikimedia
Buyuk Britaniya va Norvegiya mudofaa vazirlari Jon Xili hamda Tore Sandvik 20 fevral kuni uchrashdi. Ular Arktikada Rossiya tahdidiga qarshi turishga qaratilgan mudofaa kelishuvini muhokama qildi. Bu haqda Politico xabariga tayanib Daryo ma'lum qilmoqda.
Yangi shartnoma Britaniya va Norvegiya qurolli kuchlari oʻrtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, jumladan, 2022 yilda Rossiyaning Ukrainaga keng koʻlamli bosqinidan keyin tez-tez sodir boʻlayotgan diversiyalardan suv osti kabellarini himoya qilishni nazarda tutadi. Evropa mamlakatlari Rossiya portlariga yoʻl olayotgan yoki u erdan kelayotgan kemalarni, ayniqsa Boltiq dengizida, asosiy infratuzilma aloqa tarmoqlariga hujum qilishda gumon qilmoqda.
Xili uchrashuv davomida Norvegiya Buyuk Britaniyaning eng muhim ittifoqchilaridan biri ekanini ta'kidladi.
“Biz ortib borayotgan tahdidlarga qarshi kurashayotganimiz, NATOni mustahkamlayotganimiz va Uzoq Shimolda xavfsizligimizni oshirayotganimiz sababli, bizni har qachongidan ham koʻproq yaqinlashtiradigan mudofaa hamkorligining yangi davrini yaratamiz”, dedi u.
Britaniya mudofaa vaziri esa mamlakat Evropada xavfsizlikni ta'minlashda “etakchi rol oʻynash”ni maqsad qilganini ta'kidladi. Uning soʻzlariga koʻra, Britaniya raqiblarga “biz oʻz manfaatlarimizni himoya qilishda yakdil ekanlimizni” koʻrsatishga tayyor.
Vazirlar oʻrtasidagi muzokaralar Ukrainada tinchlik oʻrnatish boshlanishi munosabati bilan AQSh va Evropa oʻrtasidagi keskinlikning kuchayishi fonida boʻlib oʻtdi. Ticnhlik muzokaralarida hozircha Ukrainaning oʻzi ham, uning Evropadagi ittifoqchilari ham amalda ishtirok etmayapti.
AQSh urushni toʻxtatish boʻyicha muzokaralarda Evropa ishtirok etmasligini ma'lum qildi
Muzokaralar stolida ukrainlar va ruslar — amerikaliklar esa vositachi boʻladi, dedi Trampning maxsus vakili Kit Kellog.
Finlyandiya prezidenti Aleksandr Stubb bunga javoban Ukraina, uning kelajagi yoki Evropa xavfsizlik tuzilmasi haqida yevropaliklarsiz muhokama yoki muzokaralar olib borishning iloji yoʻqligini qayd etdi. Evropa davlatlari etakchilari 17 fevral kuni Parijda Ukraina boʻyicha favqulodda sammit oʻtkazadi. Tomonlar yana xuddi shunday sammit oʻtkazishni rejalashtirmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar