
Foto: Google Images
AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya va Ukraina prezidentlari mamlakatlar oʻrtasidagi ziddiyatni hal qilish uchun uchrashishi kerakligini aytdi. U, shuningdek, janglarni tugatish istagini yana bir bor ta'kidladi.
“Oʻylaymanki, prezident Putin va prezident Zelenskiy uchrashishi kerak... Men oʻt ochishni toʻxtatishni va kelishuvni koʻrishni xohlayman”, dedi Donald Tramp matbuot anjumanida. Uning gaplari Fox News tomonidan efirga uzatilgan.
Donald Tramp Vladimir Putin bilan telefon suhbatlari Vladimir Zelenskiyga qaraganda yaxshiroq oʻtganini aytdi. Shuningdek, u avvalroq Rossiya—Ukraina mojarosini hal qilish boʻyicha muzokaralarda Ukraina prezidentining ishtirok etishi shart emasligini aytgandi.
20 fevral kuni Vladimir Zelenskiy Kiyevda AQSh prezidentining Ukraina va Rossiya masalalari boʻyicha maxsus vakili Kit Kellog bilan uchrashdi.
Ukraina prezidentning aytishicha, ular “koʻplab tafsilotlarni oʻz ichiga olgan yaxshi suhbat” oʻtkazgan. Tomonlar jang maydonidagi vaziyat, asirlarni qaytarish va xavfsizlik kafolatlari haqida batafsil fikr almashgan. Ukraina prezidenti Tramp bilan “chindan ham foydali” kelishuv tuzishga tayyorligini ma'lum qilgan.
“Ukraina ushbu urushning dastlabki soniyalaridanoq tinchlikka intilmoqda va biz tinchlikni ishonchli hamda uzoq muddatli qilishimiz mumkin va shunday qilishimiz kerak, toki Rossiya qaytib urush boshlay olmasin. Ukraina AQSh prezidenti bilan investitsiyalar va xavfsizlik boʻyicha kuchli, haqiqatda foydali kelishuvga tayyordir. Biz natijalarga erishishning eng tez va konstruktiv usulini taklif qildik. Bizning jamoamiz 24/7 ishlashga tayyor”, deydi Zelenskiy.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar