13:29 / 24.02.2025
287

Tramp Germaniyadagi saylovlarning dastlabki natijalariga qanday munosabat bildirdi?

Tramp Germaniyadagi saylovlarning dastlabki natijalariga qanday munosabat bildirdi?
Foto: AFP
AQSh prezidenti Donald Tramp Germaniya Bundestagiga saylovning dastlabki natijalariga munosabat bildirdi. Saylovda Xristian-demokratik ittifoq (XDI) va Xristian-sotsial ittifoq (XSI) bloki 28,5 foiz ovoz toʻpladi. Oq uy rahbari oʻz izohini 23 fevral, yakshanba kuni Truth Social ijtimoiy tarmogʻida e'lon qildi.

«Aftidan, Germaniyadagi konservativ partiya juda muhim va uzoq kutilgan saylovda gʻalaba qozondi», deb yozdi Amerika etakchisi. «Qoʻshma Shtatlar kabi Germaniya xalqi ham koʻp yillar davomida hukm surayotgan bema'ni kun tartibidan, ayniqsa energiya va migratsiya masalalaridan charchagan», deb qoʻshimcha qildi Tramp.

U 23 fevralni Germaniya va AQSh uchun — oʻzi rahbarligidagi «buyuk kun» deb atadi. «Hammani tabriklayman — oldinda hali koʻp gʻalabalar bor», — deya xulosa qildi Amerika davlati rahbari.

Avstriyaning hukmron partiyasi bosh kotibi Mersni tabrikladi

Ayni paytda hukmron Avstriya Xalq partiyasi (AXP) bosh kotibi Kristian Shtoker ham XDI/XSIdan kanslerlikka nomzod Fridrix Mersni tabrikladi.

«Avstriya kabi Germaniya ham koʻplab muammolarga duch kelmoqda va shunday paytda qat'iy harakat qilish va biznes mavqeini mustahkamlash zarur. Fridrix Mersning saylovdagi gʻalabasi demokratik markazning ham gʻalabasidir», deb ta'kidladi Avstriyaning ehtimoliy boʻlajak kansleri.

«Men XDI/XSIni ushbu ajoyib natija bilan chin qalbimdan tabriklayman va partiyamiz oilasi doirasidagi hamkorlikni intiqlik bilan kutaman», deb qoʻshimcha qildi u.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo