22:28 / 25.02.2025
156

Tramp Rossiya tufayli Ukraina boʻyicha siyosatini oʻzgartirmoqda

Tramp Rossiya tufayli Ukraina boʻyicha siyosatini oʻzgartirmoqda
Foto: Getty Images
AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya bilan munosabatlarni normallashtirish maqsadida Qoʻshma Shtatlarning Ukraina yoʻnalishidagi strategiyasini oʻzgartirmoqda hamda oʻtmishdoshlari olib borgan transatlantik aloqalarni mustahkamlash siyosatini rad etmoqda. Bu haqda Tramp maslahatchilariga tayanib, Axios portaliga tayanib Daryo xabar bermoqda.

Maslahatchilarga koʻra, Gʻarb uzoq vaqt davomida Rossiyani oʻziga qarshi qoʻyib, uni maxsus operatsiya boshlashga majbur qilgan. Tramp esa NATO Ukrainadagi mojaroni keltirib chiqargan degan fikrni ilgari surmoqda. Shuningdek, maslahatchilarning ta'kidlashicha, Trampning tanqidchilari uning jangovar harakatlarni toʻxtatish tarafdori boʻlganini va Ukrainada Rossiyaga qarshi turish uchun etarli kuch yoʻq deb hisoblagan nuqtai nazarini hech qachon tan olmaydilar.

Ular Trampning Ukraina va NATOga nisbatan qarashlari shakllanishiga sabab boʻlgan ikkita voqeani ta'kidlamoqda. 2008 yil aprelida Buxarestdagi NATO sammitida Ukraina va Gruziyaga kelajakda alyansga a'zo boʻlish va'da qilingani Rossiyaning noroziligiga sabab boʻlgan.

2014 yil fevralida esa oʻsha paytdagi AQSh Davlat kotibi oʻrinbosari Viktoriya Nulandning AQShning Ukrainadagi elchisi Jeffri Payett bilan telefon suhbati yozuvi oshkor boʻlgan edi. Unda ular Ukrainadagi asosiy lavozimlarga nomzodlarni va Vashingtonning Rossiyaga qarshi siyosiy kuchlarga koʻrsatadigan yordamini muhokama qilishgan. Portalning ta'kidlashicha, ushbu suhbat “AQShning Ukraina siyosatiga chuqur aralashuvini” koʻrsatgan.

Portalning qayd etishicha, Tramp davrida AQSh tashqi siyosatidagi burilish nuqtasi 24 fevralda BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan Ukraina mojarosi boʻyicha neytral xususiyatga ega boʻlgan Amerika rezolyutsiyasining qabul qilinishi boʻldi. Bunga qadar Vashington Evropa davlatlari va Kiyev tomonidan tayyorlangan BMT Bosh Assambleyasining Rossiyaga qarshi rezolyutsiyalari loyihalarini qoʻllab-quvvatlashdan bosh tortgan edi.

AQSh Rossiya bilan munosabatlarga yondashuvni qayta koʻrib chiqmoqda

AQSh prezidentining milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi Mayk Uols Fox News telekanali efirida Qoʻshma Shtatlar Rossiya bilan oʻzaro munosabatlarga yangicha yondashuvni shakllantirayotganini aytdi.

Biz Rossiya bilan munosabatlarimizni qayta koʻrib chiqmoqdamiz. Birinchi qadam prezident Trampning Putin va Zelenskiy bilan suhbatlari, keyinchalik esa Ar-Riyodda boʻlib oʻtgan muzokaralar boʻldi, dedi u.

Uolsning qoʻshimcha qilishicha, Qoʻshma Shtatlar, shuningdek, “Amerika xalqi mamlakatga kiritilgan ulkan sarmoyalardan foyda olishi” uchun iqtisodiyot va muhim minerallar boʻyicha Ukraina bilan hamkorlikni qanday yoʻlga qoʻyishini yangicha talqin qilmoqda.

Joriy yilning 18 fevral kuni Ar-Riyodda Rossiya va AQSh delegatsiyalarining uchrashuvi boʻlib oʻtgan edi. Uning yakunlari boʻyicha Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov muzokaralarda munosabatlarni tiklash yoʻlida muhim qadam qoʻyilganini ma'lum qildi. Shu bilan birga, u ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlarni normallashtirish uchun uzoq yoʻlni bosib oʻtish kerakligini ta'kidladi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo