11:53 / 28.02.2025
424

Tramp: Ukrainada tinchlik “tez orada” yoki “hech qachon” o‘rnatilmaydi

Tramp: Ukrainada tinchlik “tez orada” yoki “hech qachon” o‘rnatilmaydi
Foto: ABC News
AQSH prezidenti Donald Tramp Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish “tez orada” yoki “hech qachon” o‘rnatilmasligini aytdi. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.

Tramp muzokaralar bo‘yicha allaqachon “katta yutuqlarga” erishilganini bildirdi. Rossiya prezidenti Vladimir Putinga ishonish mumkinmi, degan savolga u “ishon, lekin tekshir” deya javob berdi. Shu bilan birga AQSH prezidenti agar tinchlik shartnomasi tuzilsa, “Putin uni buzib, Ukrainaga yana bostirib kiradi deb o‘ylamasligini” ta’kidladi.

Shuningdek, Trampdan Yevropa tinchlikparvar kuchlarining Ukrainaga yuborilishi NATO shartnomasining 5-moddasini kuchga kirishiga olib kelishidan xavotirda emasmisiz, deb so‘rashdi. Bu modda bo‘yicha alyansning barcha davlatlari hujumga uchragan a’zoga yordam berishi shart.

"Menimcha, bizda bunga sabab bo‘lmaydi", deya ta’kidladi AQSH prezidenti.

U ushbu moddada ko‘rsatilgan NATO vazifasini qo‘llab-quvvatlashini qayd etdi. Tramp Ukrainadagi ehtimoliy tinchlikparvarlik missiyasi tafsilotlari haqida gaplashishdan bosh tortdi. Avvalo Moskva va Kiyev o‘rtasida tinchlik bitimi tuzilishiga erishmoqchi ekanini ta’kidladi.

Kir Starmer: Buyuk Britaniya Ukrainaga qo‘shin yuborishga tayyor

Britaniya bosh vaziri 27 fevral kuni AQSH prezidenti bilan qo‘shma matbuot anjumanida London ittifoqchilar bilan birgalikda Ukrainada quruqlikdagi qo‘shinlar va aviatsiyani joylashtirishga tayyorligini tasdiqladi. U buni “mustahkam tinchlikni ta’minlashning yagona yo‘li” deb atadi.

Kir Starmerning so‘zlariga ko‘ra, u Tramp bilan Ukraina hal qiluvchi rol o‘ynaydigan va harbiy kuch bilan qo‘llab-quvvatlanadigan “qattiq, ammo adolatli kelishuv” haqida suhbatlashgan.

Bu kelishuv Putinning ko‘proq narsani talab qilishni istamasligini ta’minlash uchun mo‘ljallangan, deb xabar bermoqda DPA agentligi.

Bu bosqinchini mukofotlaydigan tinchlik bo‘lmasligi kerak. Tarix bosqinchi tomonida emas, tinchlikparvar tomonida bo‘lishi lozim, deya ta’kidladi Starmer.

Aks holda, uning fikricha, yangi “Eron rejimiga o‘xshash rejimlar” paydo bo‘lish xavfi tug‘iladi. Starmer Yevropaning 18 davlati vakillari Ukraina uchun tinchlik shartnomasini muhokama qilish maqsadida yig‘ilmoqchi ekanini aytdi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo