
Foto: Kommersant.ru
27 fevral kuni AQSH prezidenti Donald Tramp va Buyuk Britaniya bosh vaziri Key Starmer Oq uyda uchrashuv o‘tkazdi.
Siyosatchilar Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini muhokama qildi. Tramp suhbat chog‘ida AQSH Ukraina va Rossiya bilan “yaxshi muzokaralar” o‘tkazganini ta’kidlagan. Shu tufayli tinchlik kelishuvi masalasida sezilarli yutuqlar borligini aytgan.
Britaniya bosh vaziri “tinchlikka erishishning yagona yo‘li bo‘lgani uchun harbiylarni tinchlikparvar sifatida yuborgan holda barcha choralarni ko‘rishga tayyor” ekanini ta’kidladi.
Men Yevropa rahbarlari bilan yaqindan hamkorlik qilmoqdaman va shuni aniq aytamanki, Buyuk Britaniya ittifoqchilarimiz bilan birgalikda kelishuvni qo‘llab-quvvatlash uchun quruqlikdagi qo‘shinlarni yuborishga va samolyotlarni havoga ko‘tarishga tayyor, chunki bu tinchlikning bardavom bo‘lishining yagona yo‘lidir, deya qo‘shimcha qildi u.
Shu bilan birga Britaniya bosh vaziri Key Starmerning Donald Tramp oldida o‘zini ishonchsiz tutgani turli muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Tarmoqlarda tarqalgan videoda Tramp ishonch bilan Stamerning qo‘lini siqayotgani, Britaniya bosh vaziri esa yosh boladek qimtinib turgani aks etgan.
“Men videoni bir necha marta ko‘rib chiqdim. Tana tilidagi farq juda katta. Starmer asabiy. Tramp esa ishonchli lider sifatida ko‘zga tashlangan” deb yozdi X ijtimoiy tarmog‘idagi foydalanuvchilardan biri.
Yana bir foydalanuvchi esa Tramp—Starmer uchrashuvini “qo‘rqib turgan kichkina bola bilan muzokara ustasining uchrashuvi”ga qiyoslagan.
Quyida mazkur video tagidagi yana bir qator e’tiborga molik izohlar keltirilgan.
“Starmer o‘z kumirini endigina uchratgan muxlisdek harakat qilmoqda... Uyat...U o‘zini chimchilab, hatto u yerda ekanligidan hayratda bo‘lsa kerak...”
“Starmer asabiylashmoqda. Donald — chempion”
“Starmer xijolatdan kaftini ishqalamoqda. Bilasizmi, u onasiga qo‘ng‘iroq qilmoqchi bo‘lgan bolaga o‘xshaydi”
“Tramp mohir diplomat, muzokarachi, strateg va usta”
“Starmer Trampning qo‘liga yoki yelkasiga urishda davom etmoqda. Go‘yo ular juda yaxshi do‘stlar. Lekin bu unday emas”
“Men Starmerning hech kimga bunday qilganini ko‘rmaganman. U Amerika prezidenti bilan qanday muomala qilishga o‘rgatilganga o‘xshaydi”
“Starmerning harakatlari soxta va notabiiy”
“Starmer Trampni quchoqlashga urindi, lekin prezident Tramp uni ushlab qoldi!”

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar