06:22 / 02.03.2025
2 380

Bill Geyts kelgusi avlodlar duch keladigan 4 ta asosiy muammoni aytdi

Bill Geyts kelgusi avlodlar duch keladigan 4 ta asosiy muammoni aytdi
Foto: Getty images
Microsoft asoschilaridan biri Bill Geyts kelajak avlodlar to‘rtta muhim muammoni hal qilishi kerak, deb hisoblaydi. Unga ko‘ra, ular global ahamiyatga ega, deb yozdi Benzinga.

Qayd etilishicha, Geyts yosh avlodlar bioterrorizmning potensial xavfi va sun’iy intellektning noto‘g‘ri rivojlanishiga duch kelishidan qo‘rqmoqda. U, shuningdek, odamlar siyosiy qutblanishga qarshi kurashish uchun birlashishi kerakligini ta’kidladi.

«Yadro urushi yoki o‘ta yomon bioterrorizm yoki sun’iy intellektning noto‘g‘ri yo‘ldan ketishi yoki qutblanish atrofida jamiyatda birdamlik yo‘qligi. Bu to‘rt narsa, ha, yosh avlod bu narsalardan juda qo‘rqishi kerak», dedi u.

Geyts odamlarni hozir duch kelayotgan muammolar tashvishga solayotganidan xursand ekanligini ta’kidladi. Uning qo‘shimcha qilishicha, yosh avlodlar ham iqlim o‘zgarishidan xavotirda. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu muammolarni hal qilish uchun odamlar birlashsa, ularni yorqin kelajak kutmoqda.

Geyts, shuningdek, ba’zida harakatga undash uchun bu muammolarning ahamiyatini bo‘rttirib yuborish kerakligini aytdi. U Alsgeymer va OIV kabi kasalliklarga qarshi kurashda, shuningdek, poliomiyelit va bezgakni butunlay yo‘q qilishda yutuqlar bo‘lishidan umidvor ekanini aytdi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo