
Britaniyaga qochgan KGB agenti Oleg Gordiyevskiy 87 yoshida vafot etdi, deb "Bi-Bi-Si" telekanali xabar berdi.
Gordiyevskiy XX asrning eng mashhur josuslaridan biri hisoblanadi. U KGBda 23 yil davomida faoliyat yuritgan va Sovet maxfiy xizmatlaridagi eng muhim Britaniya razvedka agenti sifatida tanilgan. Oleg Penkovskiydan keyin u Britaniya uchun ma’lumot tarqatgan eng yirik agentlardan biri edi.
1985 yilda Gordiyevskiy Britaniyadagi Sovet razvedka rezidensiyasi rahbari lavozimiga tayinlanish arafasida edi. Biroq o‘sha yilning iyulida Moskvada u Britaniya kontrrazvedkasi (MI5) bilan hamkorlikda gumon qilinib, bir necha soat davomida so‘roq qilingan. Shundan so‘ng, u Sovet Ittifoqidan qochishga qaror qildi.
Gordiyevskiyning qochishi Buyuk Britaniyaning Moskvadagi elchixonasi yordamida tashkil etilgan bo‘lib, u diplomatik mashina yukxonasida yashirin ravishda olib ketilgan.
U qochib ketganidan keyin dunyoqarashi Sovet Ittifoqidagi o‘zgarishlar, ayniqsa, Stalin davri jinoyatlari va Xrushchyov islohotlari ta’sirida o‘zgarganini aytgan.
2007 yilda Gordiyevskiy Buyuk Britaniyaning avliyo Mixail va avliyo Georgiy ordeni bilan taqdirlangan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar