586
Trampning maxsus vakili Ukrainada tinchlikka erishishdagi asosiy muammo nima ekanini aytdi

AQSH prezidenti Donald Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff jurnalist Taker Karlsonga bergan intervyusida Ukrainadagi urush va tinchlik jarayoniga to‘sqinlik qilayotgan asosiy muammolar haqida fikr bildirdi. Uning ta’kidlashicha, Rossiya tomonidan bosib olingan hududlar – Qrim, Donbass, Lugansk va yana ikkita hudud (ehtimol, Xerson va Zaporoje) tinchlikka erishishdagi eng katta to‘siq hisoblanadi.
"Xonadagi fil": Ukraina hududlaridan voz kechishi mumkinmi?
Uitkoffning fikricha, ushbu hududlar bo‘yicha o‘tkazilgan referendumlar (xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olinmagan) natijalari aholining aksariyati Rossiya tarkibiga qo‘shilishni xohlashini ko‘rsatgan. U bu muammoni "xonadagi fil"ga qiyosladi, ya’ni hammaga aniq bo‘lgan, lekin ochiq muhokama qilinmaydigan masala sifatida baholadi.
"Ukraina hududlaridan voz kechishi haqida hech kim gapirishni istamaydi. Rossiya bu hududlarni de-fakto nazorat qilmoqda, lekin dunyo ularni Moskva tasarrufida deb tan oladimi? Agar Zelenskiy buni qabul qilsa, siyosiy jihatdan omon qolishi mumkinmi? Bu mojarodagi markaziy masala", – dedi Uitkoff.
G‘arb va Rossiya pozitsiyasi
Uitkoff bu fikrlari bilan G‘arb yetakchilarining Rossiya urushni tugatishni istamayotgani haqidagi fikrlariga qo‘shilmaganini bildirdi. Uning ta’kidlashicha, yaqin kelajakda tinchlik kelishuviga erishish uchun "yaxshi tendensiyalar" mavjud. Shuningdek, u Rossiya butun Ukrainani bosib olishni istamayotganini, balki hozirgi bosib olingan hududlar va Qrim Moskva uchun yetarli ekanini iddao qildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar