
12-14 mart kunlari 19 nafar O‘zbekiston fuqarosi, jumladan, Saudiya Arabistoni huquq-tartibot idoralari tomonidan ilgari hibsga olingan ayollar vatanga qaytarildi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston elchixonasi tomonidan Saudiya Arabistonining vakolatli organlari bilan olib borilgan muzokaralar natijasida barcha hibsga olinganlar o‘z oilasiga qaytarilgan.
O‘zbekiston fuqarolari Saudiya Arabistoniga turistik vizalar bilan borgan, biroq zarur ruxsatnomalarni olmasdan ishga joylashish maqsadida mamlakatda qolgan. Hibsga olinganlar orasida 20 yoshga to‘lmagan vatandoshlar ham bor.
Elchixona xorijga chiqishni rejalashtirayotgan barcha fuqarolarga qabul qiluvchi davlat qonunchiligini oldindan o‘rganishni, mahalliy an’ana va me’yorlarni hurmat qilishni, shuningdek, qonuniy bo‘lish va ishga joylashish uchun barcha zarur hujjatlarni tayyorlashni so‘raydi.
«Bundan tashqari, turli vaziyatlarda muloqot qilish uchun mezbon davlat tilining asoslarini o‘rganish tavsiya qilamiz. Saudiya Arabistonida qiyin vaziyatlarga duch kelsangiz Ar-Riyoz shahridagi elchixona yoki Jiddadagi Bosh konsulxonaga murojaat qilishingiz mumkin», — deyiladi xabarda.
Foto: "Dunyo" AA
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar