date 19:05 / 07.04.2025
views 55

iPhone xato qildi, jurnalist esa maxfiy harbiy chatga tushib qoldi!

iPhone xato qildi, jurnalist esa maxfiy harbiy chatga tushib qoldi!
Foto: AP/Reuters
Amerika siyosiy sahnasida shov-shuvli voqea! Mashhur jurnalist Jeffri Goldberg tasodifan AQSH hukumati amaldorlarining maxfiy harbiy chatiga qo‘shilib qoldi. Va bu tasodifning ortida nafaqat axborot xavfsizligi, balki iPhone'ning “aqlli” algoritmi turgani aniq bo‘ldi!

The Guardian nashri ma’lum qilishicha, Donald Tramp ma’muriyatiga tegishli Signal messenjeridagi maxfiy guruhda Yamandagi Amerika harbiy operatsiyalari muhokama qilinayotgan paytda, jurnalist Jeffri Goldberg ham shu chatda ishtirok etib qolgan. Bu qanday bo‘ldi?

Hikoya shunday: AQSH prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Mayk Uols iPhone'dan foydalanib, milliy xavfsizlik kengashi matbuot kotibi Brayan Xyuzni kontakt sifatida saqlamoqchi bo‘lgan. Biroq smartfon xato qilib, jurnalist Goldbergning raqamini Xyuzning nomi ostida telefonga saqlab qo‘ygan. Va shunday qilib jurnalist – davlatning maxfiy chatiga “rasman” qo‘shildi.

Goldberg bu voqeani 24 mart kuni The Atlantic jurnalida e’lon qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u AQSH rasmiylari Yamandagi operatsiyalar bo‘yicha muhokamalar olib borayotganiga guvoh bo‘lgan. Suratlarda JD Vance, Pete Hegseth, John Ratcliffe, Michael Waltz va boshqalarning jiddiy suhbatlari aks etgan.

Signal messenjeridagi maxfiy chatdan skrinshot
Foto: The Atlantic


Signal messenjeridagi maxfiy chatdan skrinshot. Ishtirokchilar bir-birini tabriklamoqda
Foto: The Atlantic

Jurnalist ko‘rgan ba’zi bildirishlardan namunalar:
  • “Men Yevropani yana qutqarishni yoqtirmayman.”
  • “Saudiya neft obyektlari xavfini kamaytirish bo‘yicha harakat qilmoq kerak.”
  • “Bu kuchli boshlanish bo‘ldi. Buyuk ish, Pit!”

Bugungi kunda raqamli xavfsizlik — har qanday mamlakat uchun juda muhim. Bu voqea esa – hatto “aqlli” telefon ham xato qilishi mumkinligini, xatolar esa juda og‘ir oqibatlarga olib kelishi ehtimolini yorqin ko‘rsatib turibdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo