date
views 62

Xitoy Boeing‘dan voz kechmoqda — iqtisodiy urush oqibatlarimi?

Xitoy Boeing‘dan voz kechmoqda — iqtisodiy urush oqibatlarimi?
Xitoy hukumati aviakompaniyalarga Boeing samolyotlarini va AQSHda ishlab chiqarilgan ehtiyot qismlarni xarid qilmaslikni talab qildi, deb bloomberg.com xabar berdi. Bu qaror Vashingtonning xitoylik tovarlarga 145% boj joriy qilganiga javoban qabul qilingan.

Pekin esa o‘z navbatida Amerika mahsulotlariga 125% boj e’lon qildi. Natijada Boeing samolyotining narxi ikki baravargacha oshib ketmoqda. Ekspertlarga ko‘ra, bu Xitoy uchun iqtisodiy ma’noda noqulay xaridga aylanmoqda.

Boeing samolyotlarini lizingga olgan aviakompaniyalarga davlat qo‘llovi muhokama qilinmoqda. Air China va China Southern kabi yirik operatorlar Boeing 737 MAX modellarini parkiga qo‘shishi kerak edi, lekin bojlar kuchga kirishi bilan barcha kelishuvlar to‘xtashi mumkin.

Boeing bu vaziyat ta’minot zanjirlariga jiddiy zarba berishi mumkinligidan ogohlantirdi.

Pekin endi butunlay Airbus'ga o‘tib ketadimi?
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoy Boeing‘dan voz kechmoqda — iqtisodiy urush oqibatlarimi?