date
views 264

Trampdan yangi tashabbus: Noqonuniy migrantga nafaqa? AQSHda yangi dastur

Trampdan yangi tashabbus: Noqonuniy migrantga nafaqa? AQSHda yangi dastur
AQSH prezidenti Donald Tramp noqonuniy migrantlar uchun yangi dasturni e’lon qildi. Unga ko‘ra, mamlakatni o‘z ixtiyori bilan tark etuvchi shaxslarga mablag‘ va samolyot chiptasi beriladi, deb reuters.com yozmoqda.

Tramp buni “o‘z ixtiyori bilan deportatsiya” deb atadi. Uning aytishicha, dastur ishtirokchilari nafaqat moliyaviy yordam, balki kelajakda qonuniy tartibda AQSHga qaytish imkoniyatiga ham ega bo‘ladi.

«Biz ularga nafaqa beramiz. Biroz pul va samolyot chiptasi berib, keyin ular bilan ishlaymiz. Agar o‘zini yaxshi tutishsa va biz ularni qaytarmoqchi bo‘lsak, buni tezroq amalga oshirishga harakat qilamiz», — degan Tramp Fox Noticias'ga.

Oq uy vakili ham bu bayonotga qo‘shimcha izoh yo‘qligini ta’kidlagan.

Tramp avval ham noqonuniy migrantlarni ommaviy deportatsiya qilish niyatida ekanini bildirgan. Endi ma’muriyat ularni “ixtiyoriy ketish”ga ko‘ndirishga urinmoqda — xususan, CBP Home ilovasi orqali murojaat qilish so‘ralmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Trampdan yangi tashabbus: Noqonuniy migrantga nafaqa? AQSHda yangi dastur