NASA fazogirlarni Marsga yuborish rejalarini e’lon qildi


AQShning parvozlarni amalga oshirish va koinotni tadqiq qilish Milliy boshqarmasi (NASA) fazogirlarni ko‘p martalik "Orion" kapsulasida Marsga jo‘natishni rejalashtirmoqda, Bu haqda «Tjournal.ru»ga asoslanib «Kun.uz» xabar bermoqda.
NASA bu haqda o‘zining rasmiy tvitterida 4 dekabrga uchirilishi rejalashtirilgan "Orion" kapsulasi bilan bog‘liq bo‘lgan bayonotida e’lon qildi.
Uchuvchisi bo‘lmagan "Orion" birinchi sinov parvozida Yerni 4,5 soat davomida ikki marotaba aylanib chiqadi, so‘ngra Tinch okeaniga AQSh dengiz floti tomonidan olinadigan sinov yukini tashlaydi. Bu tajriba modulning muhim qismlari, shu jumladan buzuqlik aniqlanganda parvozni bekor qilish tizimining ishlashini tekshirish uchun zarur.
Kelajakda NASA "Orion" ni 4 ta fazogir bilan sinovdan o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Taxminan 2025 yilda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan birinchi ekspeditsiya doirasida boshqarma kapsulani Oy ortibasiga yo‘naltirib, so‘ngra unga fazogirlarni qo‘ndiradi hamda ular tomonidan Oyning sirtidan namunalar olinishi mo‘ljallanmoqda.
2030 yilga kelib esa inson tanasi uzoq vaqt koinotda va Marsdagi kabi radiatsiya darajasida qolganda o‘zini qanday tutishi haqidagi batafsil ma’lumotlarni to‘plab, kema ekipaji a’zolarini "qizil sayyora" ga jo‘natadi.
Foto: tjournal.ru































Izohlar 0
…