
Suriyada yangi hukumat davlat to‘ntarishiga urinishning oldini oldi. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vaziri Anas Xattob ma’lum qildi, deya xabar tarqatdi davlat agentligi SANA.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, to‘ntarish rejasi sobiq hokimiyat — ya’ni Bashar Asad hukumatiga aloqador ofitserlar tomonidan tayyorlangan. Aniq vaqt ma’lum qilinmagan, ammo bu harakatni davlat qurolli kuchlari va xalqning hamkorligi orqali bartaraf etilgani aytilmoqda.
“Biz ag‘darilgan rejimning ofitserlari tomonidan rejalashtirilgan davlat to‘ntarishini yo‘q qildik,” — dedi Anas Xattob.
Asad tarafdorlari bilan ziddiyat va qurolli to‘qnashuvlar
Suriyadagi siyosiy noaniqlik mart oyida avjiga chiqdi. Latakiya, Tartus, Xama va Xoms viloyatlarida Asad tarafdorlari bo‘lgan alaviylar va yangi hukumat kuchlari o‘rtasida kuchli qarshilik va qurolli to‘qnashuvlar ro‘y berdi.
Natijada 1 300 dan ortiq odam halok bo‘lgan, ulardan kamida 1 000 nafari — tinch aholi.
Hukumat kuchlari 10 mart kuni boshlagan xavfsizlik reydlarini yakunladi. Suriya Mudofaa vazirligi ma’lum qilishicha, “tashqaridan qo‘llab-quvvatlanayotgan Asad rejimi qoldiqlari zararsizlantirildi”.
Asadning taqdiri va Rossiya bilan murosalar
Shundan so‘ng Suriyaning yangi prezidenti Ahmad ash-Shara’a Rossiyadan Bashar Asadni ekstraditsiya qilishni talab qildi. Al Arabiya va Al Hadath nashrlari xabariga ko‘ra, u Asadni sud qilish uchun Suriyaga qaytarishni xohlamoqda.
Biroq Moskva bu talabni rad etdi. Rossiya rasmiylari bu masalani ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni tiklash yo‘lida “yengib bo‘lmas to‘siq” emas, deya baholamoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar