
AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyati Xitoyda ishlab chiqarilgan kemalarga nisbatan port yig‘imlarini kamaytirishga qaror qildi, deb finance.mail.ru xabar berdi.
Federal reestrga ko‘ra, yangi tartib AQSh hududlari, Karib dengizi va Katta Ko‘llarga xizmat qiluvchi kemalarga taalluqli. Ilgari $1,5 mln gacha yig‘im taklif etilgan edi, bu esa butun dunyo kema sanoatini xavotirga soldi.
Yangi tartibga ko‘ra, yig‘im har safar uchun olinadi, lekin yiliga 6 martadan oshmaydi. Yig‘im hajmi tonna asosida $50 bo‘lib, har yili $30ga oshadi. Konteyner asosidagi hisobda — $120dan $250gacha ko‘tariladi.
Ichki portlardan jo‘naydigan, eksport uchun yuk ortayotgan yoki bo‘sh kelayotgan kemalar yig‘imdan ozod etiladi. Xitoyda ishlab chiqilgan, ammo boshqa davlatlarga tegishli kemalar uchun esa 18 dollardan boshlanadigan maxsus stavkalar belgilangan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar