date
views 0

Zelenskiy Putinning «sulh» taklifini keskin tanqid qildi: «Biz parad emas, inson hayotini qadrlaymiz!»

Zelenskiy Putinning «sulh» taklifini keskin tanqid qildi: «Biz parad emas, inson hayotini qadrlaymiz!»
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiya rahbari Vladimir Putinning 8 maydan 10 maygacha Ukrainada vaqtinchalik «sulh» e’lon qilish taklifini keskin tanqid ostiga oldi. Ukraina rahbariga ko‘ra, Rossiya bu bilan yana manipulyatsiya qilishga va AQSH kabi xalqaro hamkorlarni aldashga harakat qilmoqda.

Bu haqda Zelenskiy dushanba, 29 aprel kuni o‘zining kechki video murojaatida ta’kidladi.

«Biz har qanday urushni to‘xtatish uchun xalqaro hamkorlar bilan hamkorlikka tayyormiz. Biroq Rossiya hali ham barcha takliflarni rad etib, faqatgina manipulyatsiya qilish, jahon hamjamiyatini aldash bilan ovora. Endi yana bir ayyorlik qilishga urinishmoqda: ular nima uchun hamma 8 maygacha kutishi kerakligini aytmoqda va aynan Putin parad o‘tkazayotgan paytda jim turishimiz kerak ekan», – dedi Zelenskiy.

Ukraina prezidenti bu kabi takliflarni qabul qilish mumkin emasligini ta’kidladi va insonlar hayotini qadrlash paradlardan ancha muhim ekanligini eslatdi.

«Biz paradlarni emas, balki insonlarning hayotini qadrlaymiz. Butun dunyo ham bunga ishonadi. Shuning uchun ham o‘t ochishni to‘xtatish uchun 8 mayni kutishga hech qanday asos yo‘q. Urushni vaqtinchalik emas, balki doimiy, kafolatlangan va kam deganda 30 kunlik ishonchli sulh bilan to‘xtatish kerak. Ular bir necha kun sukut saqlab, keyin yana odamlarni o‘ldirishga qaytishi mumkin emas», – deya keskin bayonot berdi Zelenskiy.

Shuningdek, Ukraina prezidenti Rossiya armiyasi Cherkassk viloyatiga uchirgan dron hujumi haqida ham gapirib o‘tdi. U bu holatda ham harbiy emas, balki tinch aholi uchun muhim bo‘lgan obyekt zarar ko‘rganini va gaz ta’minotini tiklash ishlari olib borilayotganini ma’lum qildi.

Zelenskiy dunyoni yana bir bor Ukrainadagi tinch aholining taqdiriga e’tibor qaratishga va Rossiyadan har qanday urush harakatlarini darhol to‘xtatishni talab qilishga chaqirdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zelenskiy Putinning «sulh» taklifini keskin tanqid qildi: «Biz parad emas, inson hayotini qadrlaymiz!»