date
views 216

Rossiya prezidenti yordamchisi Odessa aholisi Kiyev hukumati bilan birga bo‘lishni istamasligini aytdi

Rossiya prezidenti yordamchisi Odessa aholisi Kiyev hukumati bilan birga bo‘lishni istamasligini aytdi
Rossiya Xavfsizlik Kengashining sobiq kotibi va hozirda prezident Vladimir Putinning yordamchisi bo‘lib ishlayotgan Nikolay Patrushev Odessa shahrining ikki asr davomida Rossiyaning bir qismi bo‘lganini va hozirgi kunda ham shahar aholisining asosiy qismi Ukraina hukumati bilan hech qanday umumiy jihatlarga ega emasligini ta’kidladi.

Patrushevning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaning Qora dengiz bo‘yidagi hududlari, xususan Odessa aholisi o‘z kelajagini mustaqil ravishda hal qilish imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim.

«Rossiya har doim xalq irodasiga hurmat bilan qaragan va bunga misol qilib Qrim, Sevastopol, Donbass hamda Novorossiyaning Rossiya tarkibiga kirish jarayonini keltirish mumkin», – deya qo‘shimcha qildi Patrushev, o‘tkazilgan «referendumlar»ga ishora qilgan holda.

Uning ta’kidlashicha, Odessa shahriga Rossiya imperatori Yekaterina II asos solgan bo‘lib, shahar uzoq vaqt mobaynida mamlakatning Qora dengizdagi muhim strategik nuqtasi bo‘lib xizmat qilgan. Bundan tashqari, u aholisi soni va iqtisodiy rivojlanish darajasi bo‘yicha Ukrainada yetakchi o‘rinlarni egallab kelgan va Ikkinchi jahon urushida qahramon shahar maqomiga ega bo‘lgan.

«Hozir esa Odessa porti harbiy qurol-yarog‘ yetkazib berish markaziga va dengizdagi diversantlar uchun bazaga aylangan. Shahar aholisining ko‘p qismi Kiyev rejimi bilan hech qanday umumiy jihatlarga ega emasligiga ishonchim komil», – dedi Patrushev.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya prezidenti yordamchisi Odessa aholisi Kiyev hukumati bilan birga bo‘lishni istamasligini aytdi