
Ukrainada 2018 yildan 2024 yilgacha 11 kishini o‘ldirishda aybdor deb topilgan O‘zbekiston fuqarosi umrbod qamoq jazosiga hukm etildi, deb mamlakat Bosh prokuraturasi ma’lum qildi.
Prokuratura xabariga ko‘ra, ushbu shaxs 2018 yil fevralidan 2024 yil yanvarigacha bo‘lgan davr mobaynida 3 nafar ayol va 8 nafar erkakni o‘ldirgan hamda yana bir necha suiqasdga uringan. Ayblanuvchi doimiy yashash joyiga ega bo‘lmagan bo‘lib, qurbonlarining aksariyati ham shunday insonlar bo‘lgan.
2024 yil yanvar oyida u Kiyevdagi gul do‘koniga xaridor sifatida kirib, sotuvchi ayolga 30 dan ortiq pichoq jarohati yetkazgan va uning tilla taqinchoqlarini olib qochgan. Keyinchalik ushbu jinoyat yuzasidan u qo‘lga olingan.

Tergov paytida u bir necha shunga o‘xshash jinoyatlarni amalga oshirganini tan olgan. U qurbonlari bilan spirtli ichimliklar ichgan, keyin ularni o‘ldirgan. Jasadlar esa ko‘pincha o‘lim holatini aniqlash mushkul bo‘lgan holda topilgan.
Prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, ayblanuvchi yana bir kishi ustidan suiqasd qilgan, ammo uni o‘ldira olmagan.
U har bir qurbon haqida batafsil ma’lumot berib, bu hikoyalar jazoni yengillashtiradi deb umid qilgan.
Sud taqdim etilgan barcha dalillarni ko‘rib chiqib, ayblanuvchini aybdor deb topdi va unga umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi. Hozirda u hibsda saqlanmoqda.
UkrainaO‘zbekistonJinoyatProkuraturaQamoq JazosiTergov Jarayoni O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar