date
views 295

Zelenskiy Putinning o‘t ochishni to‘xtatish taklifini rad etdi va uni «spektakl» deb atadi

Zelenskiy Putinning o‘t ochishni to‘xtatish taklifini rad etdi va uni «spektakl» deb atadi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya yetakchisi Vladimir Putinning 8 maydan 11 maygacha bo‘lgan muddatda o‘t ochishni vaqtincha to‘xtatish haqidagi taklifini rad etdi. Ukraina prezidentining ta’kidlashicha, Kiyev ushbu muddatda emas, balki 7 maydan boshlab 30 kunlik to‘liq sulh rejimiga tayyor. Bu haqda BBC xabar tarqatdi.

«Bu katta sahnadagi spektakldan boshqa narsa emas», – deb ta’kidladi Zelenskiy Rossiya tomonidan bildirilgan taklifga izoh berib.

Ukraina yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, Kiyev hukumati 9 may kuni Moskvada bo‘lib o‘tadigan paradda Putinga xuddi xalqaro izolyatsiyadan chiqqan kabi ko‘rinish yaratishda yordam bermoqchi emas.

«9 may kuni Putinga xuddi izolyatsiyadan chiqqan, dunyo bilan munosabatlari normallashgan degan taassurot qoldirish uchun hech kim yordam qo‘lini cho‘zmaydi», – deb qo‘shimcha qildi Zelenskiy.

Bundan tashqari, Zelenskiy Ukraina G‘alabaning 80 yillik yubileyini nishonlash uchun Moskvaga keladigan xorijiy davlat rahbarlarining xavfsizligini ta’minlashga kafolat berolmasligini aytdi. Uning fikriga ko‘ra, mazkur tashriflarning xavfsizligi masalasini Rossiya tomoni o‘zi hal qilishi lozim.

Avvalroq, 28 aprel kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin 8 may kuni kechadan 11 may kuni kechasigacha bo‘lgan muddat uchun o‘t ochishni vaqtinchalik to‘xtatishni taklif qilgan edi. Bunga javoban, Ukraina rasmiylari o‘t ochishni zudlik bilan, hech qanday muddatlarsiz, darhol to‘xtatish taklifini ilgari surdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zelenskiy Putinning o‘t ochishni to‘xtatish taklifini rad etdi va uni «spektakl» deb atadi