date
views 180

Amazonkada samolyot botqoqqa qo‘ndi: yo‘lovchilar mo‘jizaviy tarzda tirik qolishdi

Amazonkada samolyot botqoqqa qo‘ndi: yo‘lovchilar mo‘jizaviy tarzda tirik qolishdi
Joriy yilning 1 may kuni Boliviyaning shimolidagi Buares shahri aeroportidan Trinidad tomon yo‘l olgan kichik o‘lchamli samolyot favqulodda vaziyat sababli Amazonka hududida joylashgan botqoqliklarga majburiy ravishda qo‘ndi. Ma’lum bo‘lishicha, uchish vaqtida samolyot dvigatelida texnik nosozlik yuzaga kelgan.

Ushbu samolyot bortida bir nafar uchuvchi, uch nafar ayol va besh yoshli bola bo‘lgan. Hodisa natijasida ularning hammasi omon qolgan. Jabrlanganlar yordam yetib kelgunga qadar taxminan 36 soat mobaynida botqoqlik o‘rtasida samolyotning tom qismida qolib ketgan. Bu davr mobaynida ular o‘zlarida mavjud bo‘lgan shokolad va manos uni bilan oziqlanib turganlar.

Hodisadan 36 soat o‘tib, atrofda ov va baliqchilik bilan shug‘ullanayotgan mahalliy aholi vakillari botqoqlikda qolib ketgan samolyot va uning ustidan yordam kutgan odamlarni payqab qolishgan. Ular darhol ushbu holat haqida qutqaruv xizmatiga xabar bergan.

Qutqaruvchilar vertolyot yordamida jabrlanganlarni botqoqlik hududidan evakuatsiya qilishgan. Aytishlaricha, samolyotdan sizib chiqqan yoqilg‘i hidi atrofdagi timsohlarni insonlarga yaqinlashishdan to‘sib qolgan va bu esa odamlarning hayotini saqlab qolishga yordam bergan.

Bu voqea nafaqat Boliviyada, balki butun dunyoda ko‘pchilikning e’tiborini jalb qildi. Tirik qolganlarning salomatligi yaxshilangan va ularning hayoti xavf ostida emasligi ma’lum qilingan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amazonkada samolyot botqoqqa qo‘ndi: yo‘lovchilar mo‘jizaviy tarzda tirik qolishdi