date
views 0

Yaponiyada bolalar soni rekord darajada pasayib ketdi

Yaponiyada bolalar soni rekord darajada pasayib ketdi
Yaponiyada 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar soni 1950 yildan buyon kuzatuv olib borilayotgan davr ichida eng past ko‘rsatkichni qayd etdi. Bu haqda mamlakatning Ma’muriy ishlar va kommunikatsiyalar vazirligi tomonidan tayyorlangan yangi hisobotda ma’lum qilingan.

Hisobot mamlakatda nishonlanadigan milliy bayram — Bolalar kuni arafasida ommaga taqdim etildi. Unga ko‘ra, shu yilning 1 aprel holati bo‘yicha Yaponiyada 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarning umumiy soni 13,7 million kishini tashkil qilmoqda. Bu esa o‘tgan yilning shu davridagi raqamlar bilan solishtirilganda, 350 ming nafarga kamayganini ko‘rsatmoqda.

Ma’lum qilinishicha, bugungi kunda Yaponiyaning umumiy 124 million aholisi orasida bolalar ulushi bor-yo‘g‘i 11,1 foizni tashkil etyapti. Birlashgan Millatlar Tashkilotining aholisi 40 milliondan yuqori bo‘lgan 37 ta davlat o‘rtasida o‘tkazilgan reytingda Yaponiya mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha oxiridan ikkinchi o‘rinda kelmoqda. Eng so‘nggi o‘rin esa Janubiy Koreyaga tegishli bo‘lib, ushbu davlatda bolalar aholining atigi 10,6 foizini tashkil qiladi.

Hozirgi kunda Yaponiya hukumati demografik muammoni hal etish maqsadida turli chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Xususan, bolali oilalar uchun ajratiladigan moddiy yordam miqdori oshirilib, farzand ko‘rgan ota-onalarga beriladigan ta’tillar tizimi kengaytirilmoqda. Biroq ko‘rilayotgan bu choralar hozircha kutilgan natijani bermay kelmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yaponiyada bolalar soni rekord darajada pasayib ketdi