
Ispaniyaning Ovedo shahrida politsiya to‘rt yil davomida o‘z farzandlarini uydan chiqarmagan 53 yoshli germaniyalik faylasuf va uning rafiqasini hibsga oldi, deb xabar beradi La Nueva Espana nashri.
Qayd etilishicha, ota-ona buni o‘z oilasini turli kasalliklardan, birinchi navbatdan koronavirusdan himoya qilish maqsadida amalga oshirgan.
Er-xotinning uch nafar farzandi bor — 10 yoshli o‘g‘li va sakkiz yoshli egizaklari. Ular yashagan uyning derazalari mahkam yopilgan, tashqi dunyo bilan aloqa butunlay uzilgan. Oila hatto oziq-ovqat mahsulotlarini ham kurerlar orqali qabul qilib olgan.
Bolalar ovozini eshitib turadigan, ammo ularni hech qachon ko‘chada yurganini ko‘rmagan qo‘shni ayol politsiyaga murojaat qilgan. Huquq-tartibot organlari kuzatuv o‘rnatib, oilaning ayrim a’zolari umuman uyni tark etmasliklarini aniqlagan.
Tekshiruv davomida bolalar qarovsiz holatda ekani ma’lum bo‘lgan. Uchalasi ham taglik va tibbiy niqoblarda bo‘lgan, tashqariga chiqqandagi xatti-harakatlari esa kuchli sezuvchanlikdan dalolat bergan — masalan, ular o‘t-o‘lanlarga hayrat bilan qarashgan.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ota-ona farzandlari uchun hatto hojatxonaga qachon chiqishni ham qat’iy belgilab beruvchi jadval tuzib chiqqan. Ular maktabga qatnamagan. Shuningdek, bolalarga tarkibida tibbiyot kannabisi bor dori vositalari berib kelingan.
Er-xotin koronavirus va boshqa viruslardan qattiq qo‘rqqani sabab shunday yo‘l tutganini ma’lum qilgan. Hozirda bolalar vasiylikka topshirilgan bo‘lib, shifokorlar va ijtimoiy xizmatlar ular bilan ishlamoqda. Ota-ona esa hibsga olingan.
IspaniyaOvedo shahriFarzandlar HimoyasiOta-OnalarKasallikdan HimoyaHuquq-Tartibot Organi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar