date
views 341

Hindiston Pokiston bilan keskinlik sababli armiya zaxira kuchlarini chaqirishga ruxsat berdi

Hindiston Pokiston bilan keskinlik sababli armiya zaxira kuchlarini chaqirishga ruxsat berdi
Hindiston hukumati mamlakat armiyasi qo‘mondoniga ko‘ngilli zaxira kuchlari va hududiy armiya bo‘linmalarini mamlakat qurolli kuchlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida safarbar qilishga rasmiy ruxsat berdi. Bu haqda PTI axborot agentligi mamlakat rasmiy idoralariga tayanib xabar tarqatdi.

Hindiston hukumatining bunday muhim qarorga kelishi Pokiston bilan yuzaga kelgan keskin vaziyat fonida ro‘y bermoqda. Ma’lum qilinishicha, endi Hindiston armiyasi qo‘mondoni kerak bo‘lganda “har bir ofitserni va zaxira armiyaga tegishli har bir kishini” safarbar qilish huquqiga ega bo‘ldi.

Hindiston hududiy armiyasi 1949 yilda tashkil etilgan bo‘lib, asosan, mamlakatning muntazam armiyasini qo‘llab-quvvatlash, mudofaa va strategik obyektlarni himoya qilish vazifalarini bajaradi.

Eslatib o‘tamiz, 8 may kuni Hindiston va Pokiston o‘rtasida zamonaviy aviatsiya tarixida misli ko‘rilmagan yirik havo jangi bo‘lib o‘tgan edi. Bu keskin to‘qnashuvda ikki tomondan yuzdan ortiq samolyot qatnashdi va taxminan bir soat davomida o‘zaro zarbalar almashildi. Mazkur jang natijasida har ikki tomondan o‘nlab harbiy xizmatchilar halok bo‘ldi.

Hozirda mintaqadagi vaziyat juda keskin bo‘lib qolmoqda. Hindiston hukumatining bu qaroridan keyin mintaqadagi xavfsizlik vaziyati qanday o‘zgarishi butun xalqaro hamjamiyat diqqat markazida turibdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hindiston Pokiston bilan keskinlik sababli armiya zaxira kuchlarini chaqirishga ruxsat berdi