date
views 5

Kim Chen In AQSH Rossiyaga hujum qilgan taqdirda harbiy ko‘mak berishga tayyorligini bildirdi

Kim Chen In AQSH Rossiyaga hujum qilgan taqdirda harbiy ko‘mak berishga tayyorligini bildirdi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In AQSH yoki uning ittifoqchilari tomonidan Rossiyaga qarshi amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan har qanday harbiy tajovuzga qarshi kurashish uchun o‘z mamlakatining harbiy kuchlarini yuborishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

"Bu bizning birodarlik va quroldoshlik burchimizdir va uni muqaddas deb hisoblayman", – dedi Shimoliy Koreya rahbari 9 may kuni Rossiya Federatsiyasining KXDRdagi elchixonasiga qilgan tashrifi paytida.

Kim Chen Inning ta’kidlashicha, agar AQSH nazoratsiz qolsa, uning xavfli va provokativ harakatlari yanada ko‘payishi mumkin. Uning fikricha, bunday vaziyatda AQSHning yaqin ittifoqchisi hisoblangan Janubiy Koreya ham Vashingtonning "hamtovog‘i" sifatida shunga o‘xshash harakatlarni sodir etishga intilishi ehtimoldan xoli emas.

"Bu kabi aqlga sig‘mas harakatlar o‘ta yuqumli virus kabi tez tarqalishi mumkin", – deya ogohlantirdi Kim Chen In.

Shimoliy Koreya yetakchisi mamlakat harbiy xizmatchilarining Ukrainadagi mojaroda ishtirok etishini suveren huquqlariga mos keladigan va adolatli qaror sifatida baholadi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 9 may kuni Rossiyaning KXDRdagi elchisi Aleksandr Matsegora Kursk viloyati hududida "Ukraina qurolli kuchlaridan hududlarni ozod qilish amaliyotida qatnashgan" Shimoliy Koreya harbiy xizmatchilari xotirasiga bag‘ishlangan yodgorliklar o‘rnatilayotganini ma’lum qildi. Shuningdek, Kursk viloyatidagi qayta tiklangan ko‘cha va maydonlarga ushbu jangovar harakatlarda ishtirok etgan shimoliy koreyalik harbiylar nomi beriladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kim Chen In AQSH Rossiyaga hujum qilgan taqdirda harbiy ko‘mak berishga tayyorligini bildirdi