date
views 120

Tramp va Suriya prezidenti o‘rtasida tarixiy uchrashuv: muzokaralardan nimalar kutiladi?

Tramp va Suriya prezidenti o‘rtasida tarixiy uchrashuv: muzokaralardan nimalar kutiladi?
14 may kuni AQSH prezidenti Donald Tramp va Suriyaning muvaqqat prezidenti Ahmad ash-Shara’a Saudiya Arabistonining poytaxti Ar-Riyodda uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Associated Press agentligi xabar bermoqda.

Uchrashuvning ayrim tafsilotlari bilan Oq uy matbuot kotibi Karolin Levitt bo‘lishdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSH prezidenti uchrashuv davomida Suriya rahbaridan Isroilni diplomatik jihatdan rasman tan olishni va mamlakat hududidan barcha xorijiy terrorchilarni chiqarib yuborishni talab qilgan. Shuningdek, Donald Tramp ISHID terroristik tashkilotining har qanday qayta tiklanishiga qarshi kurashishda AQSH bilan yaqin hamkorlik qilishga chaqirdi va Suriyani Isroil bilan tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan Ibrohim kelishuvini imzolashga undadi.

Bundan tashqari, AQSH rahbari Suriya hukumatidan mamlakatda saqlanayotgan ISHID jangarilari uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olishni so‘radi. Suriya prezidenti Ahmad ash-Shara’a o‘z navbatida mamlakatdagi neft va gaz sanoatiga amerikalik investorlarni taklif etdi va buning mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish hamda xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirishga xizmat qilishini ta’kidladi. Shuningdek, Suriya prezidenti mamlakatning Sharq va G‘arb o‘rtasidagi savdo-sotiq aloqalarida muhim ko‘prik bo‘lib xizmat qilish imkoniyati borligini bildirdi.

Ahmad ash-Shara’a uchrashuvni tashkillashtirishda ko‘rsatgan sa’y-harakatlari uchun Donald Trampga, Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmonga va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anga minnatdorchilik bildirdi. Shu bilan birga, ikki mamlakat terrorizmga qarshi kurashish va kimyoviy qurollarni yo‘q qilish bo‘yicha umumiy maqsadlarga ega ekani qayd etildi. Uchrashuvda Ukrainadagi urush va G‘azo sektoridagi vaziyat ham muhokama qilindi.

E’tiborlisi, ushbu uchrashuv so‘nggi 25 yil davomida AQSH va Suriya rahbarlari o‘rtasidagi birinchi tarixiy muloqot bo‘ldi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp va Suriya prezidenti o‘rtasida tarixiy uchrashuv: muzokaralardan nimalar kutiladi?