
AQSH prezidenti Donald Tramp ma’muriyati tomonidan amalga oshirilayotgan «ixtiyoriy deportatsiya» tashabbusi amaliy bosqichga o‘tdi. 19 may, dushanba kuni AQSH Ichki xavfsizlik vazirligi tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, dastur doirasidagi birinchi charter reys orqali Gonduras va Kolumbiyaga 64 nafar fuqaro qaytarildi.
Qanday amalga oshirildi?
Noqonuniy migrantlar CBP Home mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tib, hujjatsiz holda AQSHda bo‘lish o‘rniga mamlakatni tark etishni tanladi. Ularni Xyustondan ikki bosqichli charter parvozda vataniga olib chiqishdi. Reysda qatnashganlarga bepul chipta, 1000 dollarlik kompensatsiya va kelgusida Qo‘shma Shtatlarga qonuniy tartibda qaytish imkoniyati berilgan.
Qaytganlarga qanday yordam berildi?
Gondurasga qaytgan 38 nafar shaxsga mahalliy hukumat tomonidan har biriga 100 dollar va oziq-ovqat talonlari taqdim etildi. Shuningdek, ularga ish topishda ko‘mak berish ham va’da qilindi. Kolumbiyaga qaytib kelgan 26 nafar kishiga esa ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilgani ma’lum qilindi.
Ma’muriyat nima demoqda?
Ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noemning ta’kidlashicha, bu dastur hujjatsiz muhojirlar uchun ta’sirli misol bo‘lishi kerak. Uning so‘zlariga ko‘ra, “Kimki o‘z xohishi bilan ketmasa — jarima, hibs, deportatsiya va qaytishga umuman ruxsat berilmasligi” kabi keskin choralar kutib turibdi.
Zamin.uz tahririyatidan:
Bu dastur AQSHda noqonuniy migratsiyani nazorat qilishda yangi usul sifatida baholanmoqda. Iqtisodiy va ijtimoiy tahlilchilarga ko‘ra, hujjatsiz muhojirlarga bunday “ixtiyoriy qaytish” uchun moddiy rag‘bat taklif etilishi qaysidir ma’noda ikki tomonlama foyda keltiradi. Ammo bu siyosat keng qamrovli ta’sir qiladimi — vaqt ko‘rsatadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar