date
views 188

74 yil birga yashagan juftlik bir kunda hayotdan ko‘z yumdi

74 yil birga yashagan juftlik bir kunda hayotdan ko‘z yumdi
Braziliyalik Paskoal va Odileta ismli nuroniy juftlik hayot yo‘lini yelkama-yelka bosib o‘tishdi. Ularning muhabbat hikoyasi oddiy bir tasodif bilan boshlangan: yigit zanjirli taqinchoqni barmog‘ida aylantirayotganda, u tasodifan bir notanish qizning qo‘liga tushib ketadi. Bu holat ikkovining ham kulgusiga sabab bo‘ladi. Aynan shu paytdan boshlab yuraklarda muhabbat uyg‘onadi.

1951 yilda turmush qurishgan bu juftlik hayotlarini mehr, sabr va tushunish bilan kechirishdi. Nikohdan so‘ng ular olti farzandni dunyoga keltirib, bugungi kunga kelib, nevara, chevara va hattoki evaralar ko‘rish baxtiga muyassar bo‘lishdi.

So‘nggi yillarda Odileta Alsgeymer (xotira yo‘qolishi) bilan kurashdi. Uning barcha parvarishi, dardiga darmon bo‘lish niyatida Paskoal fidoyilik bilan xizmat qildi. Ammo 2023 yilda u ham og‘ir tashxis – davolab bo‘lmaydigan ichak saratonini eshitdi. Bu xabar Paskoalni chuqur qayg‘uga soldi: u xotinisiz yashay olmasligini bilardi, ammo undan ham achinarlisi, Odileta ham usiz yashay olmasdi...

Shundan so‘ng, Paskoal ibodat qila boshladi: “Ey Xudo, bizni bir kunda olib ket.” Yaratganning irodasi bilan ularning iltijolari ijobat bo‘ldi.

2023 yil 17 aprel kuni ertalab soat 07:00 da Odileta 92 yoshida vafot etdi. Xuddi shu kuni kechga yaqin, soat 17:00 da Paskoal ham 94 yoshida dunyodan ko‘z yumdi. Juftlikning hayotidagi eng ramziy daqiqa – ular nikoh to‘ylarining 74 yilligidan atigi ikki kun o‘tib, birga oxirat sari yo‘l olishdi.

Ularning farzandlari, nevara va qarindoshlari bu voqeani eshitib, bir ovozdan shunday deyishdi: “Bu chinakam muhabbat hikoyasi, go‘yo kino uchun yozilgandek.”
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 74 yil birga yashagan juftlik bir kunda hayotdan ko‘z yumdi