date
views 283

Germaniyalik oila yo‘qolgan mushugini topish uchun 22 ming dollar sarfladi

Germaniyalik oila yo‘qolgan mushugini topish uchun 22 ming dollar sarfladi
Germaniyalik er-xotin — Rafal va Monika Klaynshmitlar uchun mushuklar faqat uy hayvoni emas, balki oila a’zosi hisoblanadi. Shu bois ular o‘zlarining Nero laqabli mushugini topish uchun qariyb bir yildan beri izlanish olib borishmoqda. Bu jarayonda esa jami 22 ming dollardan ortiq mablag‘ sarflashgani haqida The Times nashri xabar berdi.

Nero 2024 yilning iyulida, Klaynshmitlar ta’tilga otlanish arafasida, kutilmaganda g‘oyib bo‘lgan. Rafalning so‘zlariga ko‘ra, ular Monikaning reabilitatsiya dasturi uchun Kimgauga yo‘l olishgan va o‘zlari Erlangendagi mehmonxonada to‘xtagan. Ammo aynan shu yerda, Nero transport qutisidan sakrab chiqib, qochib ketgan va shu paytdan beri undan darak yo‘q.

Bu yo‘qotish er-xotin uchun oddiy hayvonning g‘oyib bo‘lishi emas, balki yaqin do‘stlarini yo‘qotish kabi og‘riqli tuyg‘u bilan bog‘langan. Shu sababdan ular har haftaning oxirida 450 kilometr yo‘l bosib, mushukni izlash ishlarini davom ettirmoqda. Shaharning turli joylariga Neroning suratlari tushirilgan plakatlar ilingan, mashhur tunes balig‘i bilan mushukni jalb qilishga urinishgan, hatto maxsus kameralar ham o‘rnatishgan.

Klaynshmitlar bu jarayonda nafaqat vaqt, balki moliyaviy jihatdan ham juda katta resurs sarflashgan. Benzin, mehmonxona, tunes, kameralar, bosma xarajatlari – barchasi jami 22 ming dollarga yaqin mablag‘ni tashkil etgan. Lekin ularni to‘xtatadigan hech nima yo‘q. «U men uchun oddiy mushuk emas, oilamiz a’zosi. Va sen hech qachon do‘stingni tashlab ketmaysan. Men hali ham uning tirikligiga ishonaman», — deydi Rafal.

Yaxshi tomoni shundaki, Nero chiplangan. Agar biror kimsa unga duch kelsa, chip orqali uning egalariga xabar berish imkoni bor. Klaynshmitlar shu umid bilan yashayapti.

Bu voqea nafaqat mushuklarga muhabbat qanday chuqur bo‘lishi mumkinligini, balki sadoqat va oilaviy bag‘rikenglik insonni qanday fidokor qilib qo‘yishini ko‘rsatib turibdi. Balki aynan shunday muhabbat tufayli, bir kun kelib Nero o‘z uyiga qaytar…
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Germaniyalik oila yo‘qolgan mushugini topish uchun 22 ming dollar sarfladi