
Turkiyaning Igdir shahrida odam savdosi, fohishalik va narkotiklar bilan bog‘liq jinoyatlarga qarshi yo‘naltirilgan keng ko‘lamli operatsiya o‘tkazildi. Bu haqda Haberler nashri xabar berdi.
Operatsiya natijasida 107 nafar chet ellik ayol, jumladan, 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olinib, ular deportatsiya qilindi. Mazkur ayollar Igdirdagi ko‘ngilochar muassasalarda fohishalikka majburlangan va soxta hujjatlar asosida mamlakatda yashab kelishgan.
Igdir politsiyasi tomonidan 24 may kuni 9 ta ko‘ngilochar markazda o‘tkazilgan operatsiyada teplovizorlardan foydalanildi. Operatsiya doirasida 11 kishi fohishalik, pora berish va odam savdosi jinoyatlarida ayblanib ushlangan. Ulardan ikki nafari ozod etilgan, to‘qqiz nafari esa sud qarori bilan hibsga olingan.
Igdir viloyati hokimligi operatsiyani hududdagi eng yirik uyushgan jinoyatchilikka qarshi harakatlardan biri sifatida baholadi.
Mazkur holat odam savdosi va fohishalikka qarshi kurashishda xalqaro hamkorlik va qat’iy chora-tadbirlarning muhimligini yana bir bor tasdiqlaydi.
Foto: Anadolu Agency “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar