date
views 76

Tramp po‘lat bojini 50 foizgacha ko‘taradi!

Tramp po‘lat bojini 50 foizgacha ko‘taradi!
AQSHda savdo tariflariga oid keskin qaror e’lon qilindi. 4-iyundan boshlab po‘lat va alyuminiy importi uchun boj stavkasi 25 foizdan 50 foizgacha oshiriladi. Bu haqda sobiq prezident Donald Tramp Pitsburg yaqinidagi US Steel zavodida nutq so‘zlar ekan, rasman e’lon qildi.

"Po‘lat va alyuminiy sohalarimiz tarixda bo‘lmagan darajada kuchli qaytmoqda. Bu yangilik bizning jasur sanoat ishchilarimiz uchun katta yutuq bo‘ladi. AMERIKANI YANA BUYUK QILAMIZ!", — deb yozdi Tramp nutqidan so‘ng Truth Social'dagi sahifasida.

Shu bilan birga, bu tariflarga oid huquqiy tortishuvlar hanuz davom etmoqda. AQSH Xalqaro savdo bo‘yicha Federal sudi ilgari Tramp tomonidan kiritilgan ayrim boj stavkalarini qonuniy emas deb topgan va u bunday qarorlarni mustaqil qabul qilish vakolatiga ega emasligini bildirgan edi.

Bunga javoban Tramp advokatlari tezda apellyatsiya arizasi topshirdilar. Natijada sud qarori vaqtincha bekor qilinib, bojlar 9-iyungacha amal qilishda davom etadi. Ammo ushbu choralar po‘lat, alyuminiy, avtomobillar va ularning ehtiyot qismlariga hozircha bevosita ta’sir qilmaydi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp po‘lat bojini 50 foizgacha ko‘taradi!