
Janubiy Koreya poytaxti Seul metrosida yuz bergan favqulodda holat jamoatchilik e’tiborini tortdi — metro poyezdida ataylab yong‘in chiqarganlikda gumon qilingan 60 yoshli erkak qo‘lga olindi. Bu haqda "Yonhap" axborot agentligi rasmiy manbalarga tayanib xabar bermoqda.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, gumonlanuvchi Yeuinaru bekati yaqinida ushlangan. Tekshiruvlar davomida ma’lum bo‘lishicha, u metro vagoniga gorelka va yonilg‘i to‘ldirilgan kanistr olib kirgan va Yeynaru hamda Mapho bekatlari oralig‘ida yong‘in qo‘zg‘atgan.
Ushbu holat 400 nafardan ortiq yo‘lovchini zudlik bilan tunnel orqali evakuatsiya qilishga sabab bo‘ldi. Yong‘in oqibatida 20 dan ortiq fuqaro kuyish mahsulotlari bilan zaharlanish belgilari bilan shifoxonaga yetkazilgan. Ba’zilarining esa suyaklari, xususan to‘pig‘i singani xabar qilinmoqda.
Yong‘in o‘z vaqtida o‘chirilgan bo‘lsa-da, Seul metropoliteni vakillari voqea sababli Yeynaru va Eoge bekatlari oralig‘idagi uchastkada poyezdlar harakati vaqtincha to‘xtatilganini ma’lum qildi.
Hozirda voqea yuzasidan surishtiruv ishlari davom etmoqda. Rasmiylar ushbu holatning takrorlanmasligi uchun xavfsizlik choralarini kuchaytirishga va’da bermoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar