date
views 30 575

British Airways bortida styuard yalang‘och raqsga tushdi

British Airways bortida styuard yalang‘och raqsga tushdi
British Airways aviakompaniyasi parvozlaridan birida g‘alati va hayratlanarli voqea ro‘y berdi. Bu haqda Britaniyaning The Sun nashri ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot AQSHdan Buyuk Britaniyaga uchayotgan bo‘lib, bortida 470 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Parvoz boshlanishidan oldin ekipaj a’zolari styuardlardan biri yo‘qolib qolganini aniqlashgan va uni izlashga kirishishgan.

Qisqa vaqt ichida yo‘qolgan styuard biznes-klass hojatxonasida topildi.

"Ekipaj boshlig‘i uni to‘liq yalang‘och holda raqsga tushayotgan holda ko‘rib hayratda qoldi", — deb yozadi manba.

Aytilishicha, u pijama kiygan va kresloga bog‘langan holda bo‘lgan. Samolyot Londonning Xitrou aeroportiga qo‘ngach, ushbu styuard politsiya xodimlariga topshirilgan.

Hozirda tergov ishlari olib borilmoqda, ushbu xodim ishdan vaqtincha chetlashtirildi. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, u turli moddalar ta’siri ostida bo‘lgan.

Mazkur holat aviakompaniya va yo‘lovchilar orasida katta muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » British Airways bortida styuard yalang‘och raqsga tushdi