8 noyabrda bo‘lib o‘tgan AQSh prezidenti saylovi natijalari zudlik bilan tan olinishi kerak. Saylovda g‘olib bo‘lgan Donald Tramp saylovda "yashillar" patiyasidan ishtirok etgan Jill Staynning Viskonsin shtatida ovozlarni qayta hisoblash talabiga shunday izoh berdi. Bu haqda Kun nashri xabar bermoqda.
"Xalq o‘z tanlovini qilib bo‘ldi, saylovlar yakunlandi. Xillari Klintonning o‘zi saylovlardan keyingi tunda mag‘lubiyatini tan olib, meni tabriklab shunday degan: "Biz natijani tan olishimiz va so‘ngra kelajakka boqishimiz kerak", deyilgan Trampning yozma bayonotida.
AQShning 45-prezidenti bo‘lgan Trampning fikricha, saylov natijalarini o‘zgartirishga urinish bu boylik orttirish maqsadida amalga oshirilayotgan qalloblikdir. Trampning fikricha, Stayn shu yo‘l bilan "o‘z kissasini pulga to‘ldirib olmoqchi, u baribir bu pulning katta qismini bu bema’ni qayta hisoblashga ishlatmaydi".
Avvalroq Stayn bu qayta hisoblashlarni o‘tkazish uchun mablag‘ yig‘ishni amalga oshirgandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi