
Pokistonning janubida joylashgan Karachi shahrida favqulodda holat yuz berdi — Malir tumanidagi qamoqxonada ro‘y bergan kichik zilzila vaqtida 200 dan ortiq mahbus jazoni o‘tash joyidan qochib ketishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda mahalliy OAVlar politsiyaga tayanib xabar tarqatdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, tabiiy ofat sababli qamoqxonada keng evakuatsiya ishlari amalga oshirilgan. Jami 2000 ga yaqin mahbus boshqa hududlarga ko‘chirilgan bo‘lsa-da, shundan 213 nafari nazoratsiz holatda qolib, tartibni buzib, qamoqxonani tashlab chiqib ketgan.
Hukumat zudlik bilan harakatga kelib, politsiya kuchlari qamoqxona atrofini o‘rab oldi. Qochoqlarni qidirish ishlari davom etar ekan, 78 nafar mahbus qayta qo‘lga olindi. Afsuski, operatsiya paytida bir kishi halok bo‘ldi, yana uch nafar xavfsizlik xodimi turli darajadagi jarohatlar oldi.
Hozirda qochib ketgan mahbuslarni qidirish va vaziyatni nazoratga olish ishlari izchil ravishda davom etmoqda. Mutasaddilar ushbu voqea bo‘yicha maxsus tergov boshlanganini ma’lum qilgan.
Mahalliy fuqarolar ushbu holatdan seskangan holda, shaharda xavfsizlik choralari kuchaytirildi. Karachidagi qamoqxonalardagi xavfsizlik tizimi qayta ko‘rib chiqilishi kutilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar