
Turkiya Evropa Ittifoqiga a’zo bo‘la olmaydi. Bu haqida Evroparlamentning xristian demokratlar fraksiyasi rahbari Manfred Veber "Neue Osnabrücker Zeitung" gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
"EIda Turkiya uchun joy yo‘q", - dedi nemis siyosatchisi. U Anqara bilan iqtisodiyot, madaniyat va talabalar almashinuviga doir hamkorlik bitimlarini alohida imzolash maqsadga muvofiqligini qo‘shimcha qildi.
Evroparlament payshanba kuni Strasburgda bo‘lib o‘tgan yalpi majlisda Turkiyaning blokka a’zoligiga doir muzokaralarni to‘xtatishga chorlovchi rezolyusiyani tasdiqladi. Bu Anqarada katta muhokamaga sabab bo‘ldi. Turkiya bosh vaziri Binali Yildirimning so‘zlariga ko‘ra, hujjat mamlakat uchun hech qanday yuridiik kuchga ega emas.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar