Shaxmat to‘plami: Charles Hollander

Narxi: 600,000 dollar
Oq tilladan yasalgan shaxmatni hozirning o‘zidayoq ishlab chiqaruvchining sayti orqali buyurtma qilishingiz mumkin — etkazib berish mutlaqo bepul! Agar siz shaxmatga u qadar qiziqmasangiz, bu buyumning yarim million dollardan ortiq baholanishi sizni hayratga solishi mumkin.
Burger: Le Burger Extravagant

Narxi: 295 dollar
Nyu-Yorkdagi «Serendipity 3» kafesi ushbu oddiy burgerni 295 dollardan sotadi. Burgerga buyurtma berish hech qanday qiyinchilik tug‘dirmaydi.
Avtomobil: 1962 Ferrari 250 GTO

Narxi: 35 000 000 dollar
1962 yilgi kolleksiya avtomobili — Ferrari 250 GTO bozorda o‘rtacha 35 million dollarga sotiladi. Mashina holatiga qarab narx ko‘tarilishi yoki pasayishi mumkin, biroq fakt shundaki, Ferrari 250 GTO — sayyoramizdagi eng qimmatbaho avtomobil.
Fotoapparat: Susse Freres

Narxi: 775,000 dollar
1839 yili Parij fotoatelesi uchun buyurtmaga ishlangan Susse Freres dagerrotip kamerasi 2007 yilda kimoshdi savdosida rekord narxga sotilgan — 775 000 dollar. Bu ushbu noyob kamerani rasman tarixdagi eng qimmatbaho fotoapparatga aylantirdi.
Mehmonxona: Royal Penthouse Suite, Hotel President Wilson

Narxi: 65,000 dollar (bir kecha tunash uchun)
Jenevadagi 10 xonali va 7 yotoqxonali lyuks — Evropa ruhoniylari oilasi bilan keluvchi sevimli maskan.
Pianino: Heintzman Crystal

Narxi: 3,22 million dollar
Ikki metrli Heintzman Crystal pianinosi Pekinda yig‘ilgan va kimoshdi savdosida noma’lum xaridor tomonidan rekord summaga sotib olingan — 3,22 million dollar.
Sigara: Gurkha Black Dragon

Narxi: 1,150 dollar (bir donasi)
Gondurasning ushbu sigara markasi tuyaning tuyog‘idan yasalgan maxsus qutida etkaziladi. Ushbu sigara 1150 AQSh dollariga baholangan. Gurkha Black Dragon to‘plamlari mayda seriyalarda 5 donadan ishlab chiqariladi.
Motosikl: Dodge Tomahawk V10 Superbike

Narxi: 700,000 dollar
Bu to‘rt g‘ildirakli motosikl 1500 ot kuchiga ega va atigi 2,5 soniyada soatiga 0 dan 100 kilometrgacha harakatlanadi.
Shampan vinosi: Heidsieck Monopole 1907

Narxi: 25,000 dollar
1990-yillar oxirida Fransiya hududidagi suv havzalarida cho‘kib ketgan kema topilgan, uning bortidan hech qanday ziyon etmagan 1907 yilga tegishli bir quti shampan vinosi topilgan.
Audiotizim: Transmission Audio Ultimate System

Narxi: 2 million dollar
Audiotizim vazni taxminan 500 kilogramm bo‘lib, u aviasion alyuminiydan yasalgan. Ichida tilla bilan ishlov berilgan simlar va kumush qo‘shilgan membranalar mavjud. U audiofil-milliarder uchun bebaho sovg‘a hisobalanadi.
Soat: Haute Joaillerie from Chopard

Narxi: 25 million dollar
Kimdir Rolex soatlarini yoqtirsa, yana kimdir haqiqiy hashamatni xush ko‘radi. Haute Joaillerie from Chopard soatlarida mexanizm qismlaridan ko‘ra qimmatbaho toshlar ko‘proq.
Surat: 5-raqam, 1948

Narxi: 140 million dollar
Jeyson Pollokning eng mashhur kartinalaridan biri kimoshdi savdolaridagi barcha rekordlarni ortda qoldiradi — u uchun taklif qilingan eng yuqori narx 140 million dollardan ortiqni tashkil qilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar