date
views 53

AQSH USAID vakolatxonalarini yopib, nazoratni Davlat departamentiga o‘tkazadi

AQSH USAID vakolatxonalarini yopib, nazoratni Davlat departamentiga o‘tkazadi
AQSH hukumati 2025-yil 30-sentyabrgacha Xalqaro Taraqqiyot Agentligi — USAIDning butun dunyo bo‘ylab faoliyat yuritayotgan barcha xorijdagi vakolatxonalarini bosqichma-bosqich yopishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “The Guardian” nashri ichki hujjatlarga tayanib xabar berdi.

Nashrning yozishicha, AQSH Davlat kotibi Marko Rubio tomonidan yuborilgan maxfiy xatga ko‘ra, agentlikka qarashli barcha xalqaro xodimlar lavozimidan ozod qilinadi va tashqi yordam dasturlari bevosita Davlat departamenti tasarrufiga o‘tkaziladi.

Mazkur o‘zgarish global miqyosda USAID tizimida ishlayotgan yuzlab mutaxassislarga — 100 dan ortiq mamlakatlardagi diplomatlar, texnik hodimlar, pudratchilar hamda mahalliy ishchilarga bevosita ta’sir qilishi kutilmoqda.

Mutaxassislar bu qarorni AQSH tashqi siyosatida muhim burilish deb baholamoqda. USAID ko‘p yillar davomida rivojlanayotgan davlatlardagi insonparvarlik yordami, ta’lim, sog‘liqni saqlash va iqtisodiy barqarorlik kabi yo‘nalishlarda muhim rol o‘ynab kelgan edi.

Endilikda esa bu muhim dasturlar va mablag‘lar ustidan to‘liq nazorat AQSH Davlat departamentining qo‘liga o‘tadi. Bu esa agentlik mustaqilligiga chek qo‘yilishi, tashqi yordam siyosatining esa yanada markazlashgan holda olib borilishi mumkinligini anglatadi.

Mutasaddilar bu jarayon qanday amalga oshirilishi va uning xalqaro hamkorlarga qanday ta’sir qilishi borasida hali rasmiy bayonot bermagan. Shu bilan birga, bir qator tahlilchilar bu islohotlar ortida siyosiy sabablar borligini taxmin qilmoqda.

AQSH hukumati bu boradagi yakuniy qarorni yaqin oylar ichida ommaga e’lon qilishi kutilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH USAID vakolatxonalarini yopib, nazoratni Davlat departamentiga o‘tkazadi