date

MARda transformator portlashi oqibatida kamida 29 nafar talaba halok bo‘ldi

MARda transformator portlashi oqibatida kamida 29 nafar talaba halok bo‘ldi
Markaziy Afrika Respublikasi poytaxtidagi o‘rta maktabda transformator portlashi vahima va bosib ketish holatini keltirib chiqargan natijada, kamida 29 nafar talaba halok bo‘ldi, deb xabar berdi ikki shifoxona manbasiga tayanib Reuters agentligi.

Ta’lim vazirligining ma’lum qilishicha, voqea chog‘ida Barthelemy Boganda o‘rta maktabidagi imtihon markazida poytaxtdagi yana olti ta’lim muassasasidan jami 5,000 dan ortiq talaba yakuniy imtihon topshirayotgan bo‘lgan.

“Juda ham bosim ostida qoldik. Bu dahshatli holat edi. O‘nlab qurbonlar yetib kelayotgan edi,” - deb holatni izohlagan shifoxona vakili.

Yana bir tibbiy manba esa halok bo‘lganlar sonini 31 taga yetganligini va portlash ovozi binoning qulashiga sabab bo‘layotgandek tuyulgani, bu esa talabalarda vahima uyg‘otganini bildirgan.

“Shu vahima sababli ba’zi talabalar hatto ikkinchi qavatdan sakrashgan,” – dedi u, imtihon topshirayotgan yoshlar taxminan 18-22 yosh atrofida ekanini qo‘shimcha qilib.

Ta’lim vazirligi bayonotida aytilishicha, mamlakatning asosiy elektr tarmog‘i – ENERCA tomonidan elektr ta’minoti tiklanganidan so‘ng, maktabning asosiy binosida joylashgan transformator portlab ketgan.

Bayonotda aytilishicha, voqea “bir qator og‘ir tan jarohatlariga va afsuski, o‘lim holatlariga olib kelgan”.

Vazirlik hodisa sabablari o‘rganib chiqilishini va imtihon sessiyasi uzluksiz davom etishini ta’minlashga va’da bergan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » MARda transformator portlashi oqibatida kamida 29 nafar talaba halok bo‘ldi