date

Millionerlar eng ko‘p yashaydigan davlatlar aniqlandi

Millionerlar eng ko‘p yashaydigan davlatlar aniqlandi
Yangi tahlillar dunyoda millionerlar soni bo‘yicha yetakchi davlatlarni ochiqladi. Global Wealth Databook va Bloomberg tomonidan e’lon qilingan hisobotga ko‘ra, aholisi orasida boylar ulushi yuqori bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxatida Shveysariya peshqadamlik qilmoqda.

Tahlillarga ko‘ra, Shveysariyada deyarli har oltinchi katta yoshli shaxs millioner hisoblanadi. Mazkur holat mamlakatda iqtisodiy barqarorlik, samarali moliyaviy tizim va yuqori darajadagi bank xizmatlarining mavjudligini yana bir bor tasdiqlaydi.

Shuningdek, Hongkong, Avstraliya va Amerika Qo‘shma Shtatlari ham millionerlar soni bo‘yicha yuqori o‘rinlarda turibdi. Bu davlatlarda taxminan har o‘ninchi fuqaro millionerlar qatoriga kiradi. Bunday ko‘rsatkichlar nafaqat iqtisodiy o‘sish, balki investitsiya muhiti, mulkchilik huquqlarining kafolati va biznes yuritish imkoniyatlari bilan ham bog‘liq.

Afsuski, O‘zbekiston ushbu reytingga kiritilmadi. Ammo qo‘shni davlatlarda ham boylar soni juda kam. Qozog‘istonda aholining 0,5 foizi, Rossiyada 0,4 foizi, Turkiyada esa bor-yo‘g‘i 0,1 foizi millionerlar qatorida hisoblanadi.

Muttaxassislar fikricha, Shveysariya, Hongkong va Avstraliya singari mamlakatlarda inflyatsiya pastligi, moliyaviy erkinlik va xavfsiz investitsiya muhiti millionerlar soni ortishiga turtki beradi. Shuningdek, qulay soliq siyosati va raqamli bank xizmatlarining keng qo‘llanilishi ham aholining boyishida muhim omil sifatida qayd etilgan.

Hisobot shuni ko‘rsatmoqdaki, moliyaviy tengsizlik global miqyosda tobora kuchayib borayotgan bo‘lsa-da, ayrim davlatlar ushbu vaziyatdan foydalanib, kapital to‘plash va sarmoyadorlarni jalb etishda katta yutuqlarga erishmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Millionerlar eng ko‘p yashaydigan davlatlar aniqlandi