
Texas shtatidagi suv toshqinilar odamlarni yana jonli axborot lentasiga qaytardi, deb xabar berdi aa.com. Rasmiy maʼlumotlarga ko‘ra, Kerr okrugida kuchli yomg‘ir va Gvadalupe daryosi toshqini oqibatida halok bo‘lganlar soni 104 kishiga yetdi. Mahalliy hokimiyat qurbonlar soni so‘nggi kunlarda, ayniqsa 4 iyuldan so‘ng keskin ortganini qayd etmoqda.
Kerr okrugi eng ko‘p zarar ko‘rgan hudud sifatida qayd etildi: aynan shu yerda 84 kishi, jumladan 28 bola suv toshqini qurboni bo‘lgan. Tabiiy ofatdan zarar ko‘rgan hududda hozirda 50 mingga yaqin odam borligi, qidiruv-qutqaruv ishlari esa to‘xtagani yo‘q.
Texas gubernatori Greg Ebbott ijtimoiy tarmoqlarda hududda barcha zarur resurslar ishga solinganini va falokat oqibatlarini bartaraf etish uchun hamma harakatlar qilinyotganini maʼlum qildi. AQSH prezidenti Donald Tramp esa Kerr okrugini rasman falokat hududi deb eʼlon qildi.
Bunda respublikachi mahalliy siyosatchilar federal Milliy meteorologiya xizmati (NWS)ni jiddiy tanqid ostiga oldi. Ular Tramp maʼmuriyati davrida bu xizmatning byudjeti qisqartirilganini va tabiiy ofat oldidan o‘z vaqtida aniq prognozlar va ogohlantirishlar berilmaganini taʼkidlashmoqda.
Ekspertlar fikricha, katta demografik bosim va infratuzilmadagi yetishmovchiliklar suv toshqini oqibatlarini yana-da og‘irlashtirgan. Texasda tabiiy ofatlardan zarar ko‘rgan aholi uchun davlat va mahalliy organlar tomonidan ko‘mak va qo‘shimcha resurslar ajratilishi kutilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar