date

Granata uloqtirgan erkak besh politsiyachini yaraladi

Granata uloqtirgan erkak besh politsiyachini yaraladi
Ukrainaning Kiyev shahri yaqinida jinoyatchi bilan yuzma-yuz to‘qnashuv politsiya uchun og‘ir oqibatlarga olib keldi. 13 iyul kuni Mixaylivka-Rubejovka qishlog‘ida sodir bo‘lgan voqea politsiya xodimlarining jarohatlanishi bilan yakunlandi.

Ma’lum qilinishicha, 41 yoshli erkak o‘z uyida oila a’zolarini granata va avtomat quroli bilan tahdid ostida ushlab turgani haqida huquq-tartibot organlariga xabar berilgan. Shundan so‘ng politsiya patruli tezkor ravishda manzilga yetib borgan.

Tinch yo‘l bilan masalani hal qilishga urinish natija bermagan. Huquq-tartibot xodimlari xonaga yaqinlashganda, erkak tomonidan ularga granata uloqtirilgan. Portlash natijasida besh nafar politsiyachi tan jarohati olgan va shifoxonaga yotqizilgan.

Ta’kidlanishicha, hujumchi shundan so‘ng ham qurol bilan qarshilik ko‘rsatgan va javob o‘qlari bilan o‘rnida o‘ldirilgan.

Ukraina Milliy politsiyasi bu voqeani terrorchilikka tenglashtirish mumkinligini bildirgan. Hozirda tergov ishlari olib borilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Granata uloqtirgan erkak besh politsiyachini yaraladi