date

Wizz Air faoliyatini to‘xtatadi: O‘zbekiston reyslari xavf ostidami?

Wizz Air faoliyatini to‘xtatadi: O‘zbekiston reyslari xavf ostidami?
Taniqli Wizz Air aviakompaniyasi 2025 yil 1 sentyabrdan boshlab Abu-Dabidagi parvoz faoliyatini to‘xtatishini ma’lum qildi. Bu qaror Yaqin Sharq mintaqasidagi beqaror geosiyosiy muhit, ayrim havo yo‘llarining yopilishi va bozordagi turli cheklovlar tufayli qabul qilindi.

Kompaniya vakillariga ko‘ra, bu omillar sababli Abu-Dabi bazasida faoliyat yuritish moliyaviy jihatdan samarasizga aylanib, daromad olish imkoniyatini yo‘qotgan.

Wizz Air endilikda o‘z sa’y-harakatlarini asosiy parvoz yo‘nalishi — Markaziy va Sharqiy Yevropa bozorlariga qaratadi. Mazkur mintaqadagi yo‘lovchilar oqimi va bozor imkoniyatlari aviakompaniya uchun muhim ustuvorlik hisoblanadi.

Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga qaraganda, bu qaror O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi ayrim reyslar taqdiriga ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Hozircha rasmiy bayonot berilmagan bo‘lsa-da, yurtdoshlarimiz ushbu yo‘nalishdagi parvozlar borasida ehtiyot bo‘lib, dolzarb ma’lumotlarni kuzatib borishlari tavsiya etiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Wizz Air faoliyatini to‘xtatadi: O‘zbekiston reyslari xavf ostidami?