date

Xitoyda «omadli» raqamga rekord pul to‘landi

Xitoyda «omadli» raqamga rekord pul to‘landi
Xitoyda juda kamyob va simvolik ahamiyatga ega bo‘lgan mobil telefon raqami — 15177777777 — rekord darajadagi narxga sotildi. Ushbu raqam Ali Auction onlayn savdo platformasida 3,2 million yuanga, ya’ni taxminan 440 ming AQSH dollariga xarid qilindi, deb Kursiv.media xabar berdi.

Mazkur raqam mamlakatdagi eng yirik aloqa operatorlaridan biri — China Mobile tomonidan taklif etilgan. 8 ta qator 7 raqamidan tashkil topgani uchun u Xitoydagi “omadli raqamlar” ro‘yxatida 12-turkumga kiritilgan. Xitoy an’anaviy madaniyatida 7 raqami omad va muvaffaqiyat ramzi sifatida e’tirof etiladi.

E’tiborlisi shundaki, raqamni sotib olgan shaxs uni mulk sifatida emas, balki 20 yillik foydalanish huquqi sifatida qabul qiladi. Shartnoma talabiga ko‘ra, u har oy 1 500 yuan (taxminan $206) miqdorida to‘lovni amalga oshirib boradi.

Bundan tashqari, bu raqamni boshqa shaxsga rasmiy ravishda o‘tkazish imkoni faqat 5 yildan so‘ng yuzaga keladi. Keyingi rasmiylashtirish jarayoni uchun ham kamida 5 yil kutilmog‘i zarur.

Haridorning shaxsiyati oshkor qilinmagan, biroq mutaxassislar fikricha, Xitoyda bunday eksklyuziv raqamlar nufuz, ijtimoiy maqom va boylik timsoli sifatida alohida qadrlanadi. Raqamga ega bo‘lish ko‘pincha obro‘li shaxslar yoki yirik kompaniyalar uchun investitsiya sifatida qaraladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyda «omadli» raqamga rekord pul to‘landi