date

Karlsen sun’iy intellektni shaxmatda mag‘lub etdi!

Karlsen sun’iy intellektni shaxmatda mag‘lub etdi!
Shaxmat olamida yana bir qiziqarli voqea yuz berdi: norvegiyalik taniqli grossmeyster Magnus Karlsen sun’iy intellekt — ChatGPT'ga qarshi shaxmat partiyasida mutlaq g‘alabaga erishdi. Bu haqda u o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berdi, deb yozmoqda Kursiv.media sayti.

Karlsenning so‘zlariga ko‘ra, ushbu partiyani safar paytida zerikmaslik uchun o‘ynagan. Qizig‘i shundaki, Karlsen barcha raqib peshkarlarini yo‘q qilib, o‘z figuralarini to‘liq saqlab qolgan holda 53 yurishda g‘alabaga erishgan.

O‘yindan so‘ng grossmeyster ChatGPT'dan o‘z o‘yinini baholab berishni so‘ragan. Sun’iy intellekt unga yuqori baho berib, taxminiy reytingini 1800–2000 oralig‘ida deb baholagan. Aslida esa Karlsenning rasmiy FIDE reytingi 2839 ni tashkil etadi — bu dunyodagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri.

ChatGPT shunday deya izoh qoldirgan:
«Siz hech bir figurangizni yo‘qotmadingiz. Men taslim bo‘ldim. Bu juda aniq va aqlli yurishlar edi».

Magnus Karlsenning bu yutug‘i sun’iy intellekt bilan inson imkoniyatlari o‘rtasidagi chegarani yana bir bor muhokama markaziga olib chiqdi. Uning shaxmat mahorat darajasi, hatto algoritmlarni ham mag‘lub eta olishini namoyon qildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Karlsen sun’iy intellektni shaxmatda mag‘lub etdi!